Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Sherlock Holmes - soundtreck (mix)
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Ishq Ertagi - Title sound
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

“Asalhoney”ning qotili 16,5 yilga qamalganidan norozi
“Asalhoney” nomi bilan mashhur insta-bloger Asal Xo‘jayeva qotilligida aybdor deb topilgan fuqaro sud qaroridan norozi bo‘lib, appelyatsiya shikoyati bilan murojaat qildi. Biroq apellyatsiya instansiyasi unga tayinlangan jazoni o‘zgarishsiz qoldirdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Joriy yilning avgust oyida Asal Xo‘jayevaning o‘limi bilan bog‘liq sud hukmi e’lon qilingan edi. Ammo, sudlanuvchi hukmdan noroziligi uchun  sudga apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan va yengilroq jazo berishni so‘ragan.

“Sal yengilroq jazo berishlarini so‘rayman. Astma kasalim bor”, deydi u.

Marhuma bilan Instagram sahifasida tanishib, so‘ng uning qotiliga aylangan sudlanuvchi nima sababdan bu ishni qilganiga yana bir bor izoh berdi.

“Ota-onamdan, sha’nimdan so‘kib haqorat qildi. So‘kishdik. O‘shandan keyin o‘ldirishga qasd qildim. Ikki marta o‘ldiraman deb borganman. Birinchi marta tosh bilan urib o‘ldiraman deb borganman. Ikkinchi marta pichoq olib borganman. Uydan chiqishini ikki soat kutganman. To‘g‘risi, ming marta pushaymon bo‘ldim”, deydi jinoyatchi.

Apellyatsiya instansiyasi sudlanuvchining shikoyatini ko‘rib chiqib, uning talabini qondirishni rad etdi va birinchi instansiya sudining hukmini o‘z kuchida qoldirdi.

“Sudlov hay’atining bunday xulosaga kelishiga sabab, sodir etilgan jinoyatning o‘ta og‘ir jinoyatlar tasnifiga kirishi, u tomonidan og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o‘ldirish jinoyati va bosqinchilik jinoyati sodir etilganligi, birinchi instansiya sudi tomonidan unga qonun doirasida adolatli jazo tayinlanganligi asos bo‘ldi”, deydi sudya.

Shayxontohur tuman sudining hukmiga ko‘ra, 1997 yilda tug‘ilgan sudlanuvchi qasddan odam o‘ldirish va bosqinchilik jinoyatlarini sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 16 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan edi.

Ma’lumot uchun, Asal Xo‘jayevaning murdasi joriy yilning 18 mart kuni soat 10:01 da Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 99-uy, 210-xonadonning yotoqxonasida qotillik alomatlari bilan topilgandi.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, Asal Xo‘jayevaning o‘limi qorin old sohasida bir dona sanchilib kiruvchi kesilgan jarohati, bo‘yin chap tomoni sanchib kesilgan jarohati, bosh miya yopiq jarohati, bosh miya yumshoq to‘qimalariga qon quyilishi oqibatida yuz bergani aniqlangan.

Voqea joyi kriminalistika texnika vositalari yordamida ko‘zdan kechirilib, qonga o‘xshash dog‘lardan namunalar, murda kiyimlari, qo‘l barmoq izlari, 1 dona noutbuk, 1 dona fleshka, 4 dona uyali aloqa telefoni, 4 dona bank plastik kartalari daliliy ashyo sifatida olingan. 

Voqea joyiga Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari Ikrom Narimov, shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Tursunov, Yashnobod tumani prokurori A.Donayev, shahar IIBB va tuman IIO FMB rahbariyati hamda tezkor tergov guruhi a’zolari yetib borgan.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1858 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ning, qotil, norozi, 16, yilga, Asalhoney, qamalganidan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:07
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное