Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Jizzaxda uka o‘z akasining qotiliga aylandi


2017 yil noyabr oyida Jizzax viloyati Bahmal tumanida joylashgan Qirqqishloqda uka o‘z akasini pichoqlab qo‘ydi. Bu voqea tuyqusdan sodir bo‘lgani aniq. Aslida buning 10 yillik tarixi bor.

Gap shundaki, 10 yillar oldin aka-ukalar ularning tomorqasidan bir qismini o‘z hovlisi hududiga qo‘shib olgan qo‘shnisi bilan janjallashib qoladi. Yon-atrofdagilar bu haqda bilgani holda ularni biror marta murosaga chaqirmagan, deydi “Qalampir.uz” muxbiri bilan suhabtda ismi sir qolishini so‘ragan shu qishloqlik fuqaro. Bu janjal o‘sha vaqtdan buyon davom etib kelgan.

O‘tgan yili noyabr oyida o‘sha qishloqdagi bir kishining to‘y bazmidan qaytayotgan aka-uka va qo‘shni o‘rtasida janjal kelib chiqadi. Ukasining qo‘shniga tashlanganini ko‘rgan aka uni qaytarishga urinadi. Natijada, bexosdan uka o‘z akasini pichoqlab qo‘yadi.

To‘yda oddiygina kelishmovchilikdan boshlangan janjal ikki oilani barbod qilgan qotillik bilan yakun topdi. Atrofdagilar kimningdir akasi, kimningdir ukasi, kimningdir yaqin do‘sti bo‘lgan bu yigitlarni vaqtida to‘xtatishganda, “menga nima” qabilida ish tutishmaganda, balki, bu to‘y qishloq ahli uchun azaga aylanmagan bo‘lardi, deb yozmoqda ushbu voqeadan xabardor O‘zA.

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i R.Tursunovning ma’lum qilishicha, shu munosabat bilan kelgusida to‘y-tantanalarga ommaviy tadbir sifatida qaralishi yuzasidan ko‘rsatma yuborilib, ichki ishlar organlari va keng jamoatchilik vakillari tomonidan to‘liq nazoratga olinishi belgilandi.

Ikrom Rahmon



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3994 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qotil
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное