Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Xiyonatga uchragan er qotilga aylandi
Toshkent shahri Bektemir tumanida xotinini rashk sabab pichoqlab, o‘ldirgan erkak 10 yilga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat 2022 yilning 19 noyabr kuni soat taxminan 19:00 larda yuz bergan. Marhuma ayol ijtimoiy tarmoqlardan biri orqali yaqin dugonasiga boshqa bir erkak bilan ko‘rishganini, u bilan jinsiy aloqada bo‘lganini ovozli xabarda aytgan. Bu gaplarga chiday olmagan erkak ayolining ota-onasini uyiga borgan. Sababi o‘sha payt marhuma eri bilan janjallashgan va arazlab, otasining uyiga ketib qolgan. Erkak ayolining uyiga qorong‘u tushganda borib, qo‘shni devordan oshib o‘tgan. So‘ngra xotini uxlab yotgan xonaga kirib, marhumaning tanasiga o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i yordamida 19 marotaba pichoq urgan. Ayol olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Joriy yilning 17 fevral kuni mazkur holat jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudida ko‘rib chiqilgan. Unga ko‘ra, sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Sudlanuvchi sud zalida xotinini yaxshi ko‘rishini va uni o‘ldirish niyati bo‘lmagani haqida gapirgan.

“Uning bunday yo‘l tutgani menga juda yomon ta’sir qildi. Unga ishonardim, kutmagandim. Ayolimni ovozli xabarda aytgan gaplari miyamda qolib ketdi. Shuni gaplashish maqsadida bordim.

“Sen menga begonasan endi, tug‘dirishni it ham biladi, bolalarni tortvolaman”, degan gaplari menga juda yomon ta’sir qildi. Erkaklik g‘ururimga tegdi. O‘sha holatda xotinimni o‘ldirib qo‘ydim. Ming marta pushaymonman, kechirishingizni so‘rayman”, degan erkak.

Uning so‘zlariga ko‘ra, oilaning 2 nafar voyaga yetmagan farzandi bo‘lgan. Shuningdek, erkak ayoli bilan baxtli yashashni xohlagani, uning bu harakati unga yomon ta’sir qilganini ham ta’kidlagan.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1326 | Рейтинг: 0| Рейтинг: aylandi, er, Xiyonat, uchragan, qotil
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное