Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Bevafo erning kirdikorlarini fosh etgan telefon

Televizor orqali insonning qay tarafga  harakatlanayotgan manzilini smartfon yordamida kuzatish imkoniyati haqida o‘qigandiM. Haqiqattan ham buning imkoniyati bormi?

K. S. e-mail orqali

Ushbu maktubga javob bera turib, ayfon yordamida dugonam bilan sodir bo‘lgan voqeani keltirmoqchi edim.

·         Salom, qadrdonim! – deya chaqirganday bo‘ldi tanish ovoz. Katta supermarketda bo‘lgani uchun bunga e’tibor qilmadim. Faqat orqamdan turtishganidan so‘nggina o‘girilib qaradim. Qarasam, sobiq sinfdoshim Amina tabassum qilib turardi.

·         Ko‘rishmaganimizga ham qancha vaqt o‘tibdiya, qara! – dedi u.

·         Men ering bilan horijga ketgansan deb yurgan ekanman, - dedim ishonchsizlik bilan, sababi maktabni tugatgach, Amina horijlikka turmushga chiqib ketgandi.

·         Ha, faqat erim xorijda, men esa ortga qaytdim. Ajrashdik. Juda ko‘p ishlar bo‘lib o‘tdi. Men ikkinchi marotaba turmush qurdim.

·         Dahshat, - unga ichimdan achinish tuydim.
 
Xullas, yaqin oradagi bir qahvaxonada o‘tirib, hammasini batafsil gaplashadigan bo‘ldik.

·         Bu safar hammasi haqqoniy bo‘ldi, - gap  boshladi dugonam. -  Uni aeroportda ko‘rganimdan so‘ng u ko‘nglimdagi inson ekanligini tushunib yetdim. U menga bir ko‘rishimda yoqib qoldi. Turmush qurdik. Besh yildan beri birgamiz, qizimiz bor. U juda ko‘zga yaqin inson, buning ustiga moddiy ahvoli ham juda yaxshi.

·         To‘g‘ri. Men ham shuni aytaman-da, masalan kecha erim kelib, baloni teshilganini va uch soat ko‘chada qolib ketganini aytdi.

·         Men bunday bahonalarni yetti oydan beri eshitaman, va nihoyat tekshirib ko‘rishga qaror qildim. Va bilasanmi, yordamga kimni chaqirdim? Ayfonni.

·         Qanday qilib?
 
Mana qanday quloq sol... Avvaliga sovuqqon bo‘lib hech narsaga e’tibor qilmayotganday yurdim: tinchlanib, uni hammaga ketma-ket rashq qilishni to‘xtatdim. U butunlay o‘zini bo‘sh qo‘yib, ogohlikni yo‘qotganidan so‘ng ishga kirishdim.

“Ayfon” ishqibozlari “Nayti moy Ayfon” mobil ilovasi haqida yaxshi bilishadi. Men ham turmush o‘rtog‘imga bu ilova haqida gapirib berdim. Ushbu ilova orqali yo‘qolgan ayfonni topish, masofadan turib  bloklash yoki telefon xotirasidagi  ma’lumotlarni o‘chirib tashlash mumkinligini aytdim. Turmush o‘rtog‘im bu ilovaga juda qiziqib qoldi va uni telefoniga o‘rnatdi. Mening ayfonimda esa bu xizmat allaqachon bor edi.

So‘ngra uning ayfonini  Apple Id  ro‘yhatidan o‘tkazdim, yaxshiyamki uning akkauntini bilardim, aks holda hech narsani uddalay olmasdim. Darvoqe, bunday holda Apple ID’ni mustaqil o‘zgartirib bo‘lmaydi, darhol ma’lum bo‘ladi.

Keyingi harakatlarimni turmush o‘rtog‘im uxlab qolganidan so‘ng amalga oshirdim. Avvaliga smarfonda internet, geolokatsiyani yoqdim, keyin “Nayti moy Ayfon” xizmatini yoqdim. Bularning hammasi uning telefoni kartada paydo bo‘lishi uchun kerak edi. O‘zimni sug‘urtalab qo‘yish uchun esa “cheklov”ga  kirdim va  “Uchetniy zapis”dagi  o‘zgartirish imkoniyatini cheklab qo‘ydim.

Darvoqe, Ayfonni o‘z telefoningdan ham internetdan ham kuzatish mumkin. Endi erim shaharning qaysi burchagida ekanligini aniq bilishim mumkin edi.

Xullas uning aldovini aniqladim, har kuni kechki payt u ofisda emas boshqa yerda ekanligini aniqladim,  u joyni topib bordim, shunaqangi janjal bo‘ldiki!

- Bilasanmi,- dedi Aminasuhbatini yakunlab, - bu borada omadim keldi albatta, sababi erim u qadar texnikani tushunmasdi, aks holda u o‘z telefonida Internetga yo‘lni, geolokatsiyani yoki shunchaki apparatni o‘chirib qo‘yganida uni kuzata olmasdim.
Albatta, Dugonam aytgan  usulni qo‘llab-quvvatlamayman. Ushbu nuqtai nazarimni tahririyatdagi hamkasblarim ham qo‘llab-quvvatlashdi. Oilaviy munosabatlarda eng asosiysi o‘zaro ishonch va hurmatdir! Biroq, ushbu usul yo‘qolgan telefonni topish, farzandingiz yoki yaqinlaringiz qaerdaligini bilish uchun asqotishini ham unutmaslik kerak.



Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 20876 | Комментарии: 4 | Рейтинг: 0| Рейтинг: er, Bevafo er, telifon, Bevafo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 4
BaBy_DiNoOo :) yaxwi yöl bilan bevafo erizni tekwiribsiz
Like | 0
sumaya96 Dahshat!!! Nelarnu o'ylap chiqarmaydi odamzod
Like | 0
samiya Xa erkak kishi uyida topolmagan mehrni ko'chadan ahtaradida e'tiborlii bo'linglaaa
Like | 0
rignohoj92 reklamani yangi usuli. Nokia 1280 z6r telefon, fonarik, radio xullas yaxwi telefon, buniyam reklama qivorila
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное