Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Yerda magnit bo‘roni boshlandi

29 oktabr kuni Quyoshda yirik portlash sodir bo‘lganidan so‘ng 3 noyabr kuni Yerda magnit bo‘roni boshlandi.
Toshkent vaqti bilan 12:30da Quyosh tojidan qo‘zg‘algan oqim Yer orbitasiga yetib keldi. Quyosh shamolining tezligi soatiga 600 kilometrni tashkil etdi. 
Olimlar magnit bo‘ronini 1 noyabr kuni sodir bo‘lishini taxmin qilishgan edi. 
Ma’lumot uchun, Quyoshda sodir bo‘lgan ulkan portlashlar kosmik kengliklarga katta miqdordagi zaryadlangan zarralarni tarqatib yuboradi. Asosan proton va neytronlardan iborat Quyosh shamoli to‘lqinlari soniyasiga 400-1000 kilometr tezlikda harakatlanib, 1-2 kun ichida Yer atmosferasiga yetib keladi.
Magnit bo‘ronlari vaqtida arterial gipertoniya va gipotoniya qayd etilgan bemorlar, shuningdek, keksalar, bolalar, homilador ayollar va psixoemotsional ta’sirchan kishilar o‘zlarini noxush his etishlari mumkin.
Magnit bo‘ronlarining salbiy ta’sirlarini bartaraf etish hozircha imkonsiz. Faqatgina ularning xavflilik darajasini kamaytirish mumkin. Buning uchun avvalo alkogol ichimlari va tamaki mahsulotlari, jismoniy zo‘riqishlardan voz kechish tavsiya qilinadi. Qon bosimi va asab xastaliklari mavjud bemorlar bu vaqt mobaynida parvoz hamda yerosti jamoat transportlaridan chetda yurganlari ma’qul. Magnit bo‘roni vaqtida qonda xolesterin miqdori ortishi kuzatilgani bois, bunday paytlarda yog‘li va kuchli kaloriyali taom hamda disertlarni iste’mol qilishdan tiyilish lozim. Ular o‘rniga bo‘tqa, barra sabzavot va mevalar, qaynatilgan baliq va javdar non tanovvul qilish maqsadga muvofiq. Toza suv, shirin ko‘k choy ham bunday holatda ijobiy ta’sir kuchiga ega.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 5567 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: er, magnit bo‘ron, boshlandi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Ishaani Necha kun davom etishi mumkin
Like | 0
Dilso'z пишет: | 03.11.2015 | 21:58 #1 Страница с комментарием
omina1710 Xudo asrasin.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное