Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

“Turkiston” saroyida “Prezident archasi” tantanalari boshlandi

29 dekabr kuni poytaxtimizdagi “Turkiston” saroyida “Prezident archasi” tantanalari boshlandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati xabar qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, «Sen yolg'iz emassan» respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi tomonidan bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirga poytaxtimizdagi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, maxsus maktab-internatlar o‘quvchilari, kam ta’minlangan oilalar, yurtimiz tinchligi va barqarorligini asrash yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning farzandlari taklif etildi.
...“Turkiston” saroyining bayramona bezatilgan foyesi ko‘zlari hayrat va havasga to‘la bolalarning shodon kulgisi bilan to‘lgan. Qorbobo va Qorqiz she’ru qo‘shiqlar aytayotgan, topqir, zehnli va ziyrak o‘g‘il-qizlarga sovg‘alar ulashmoqda.
Bir-biridan qiziqarli sahna ko‘rinishlari, kichkintoylar ishtirokidagi turli o‘yinlar, savol-javoblardan barcha zavqqa to‘ladi. Estrada ijrochilarining kuy-qo‘shiqlari bolalarni raqsga chorlasa, sirk ustalari namoyish etgan qiziqarli dastur ularning hayratini oshirmoqda.
Archa atrofidagi tomoshalar, bayram shodiyonalari davom etadi. Kichkintoylar uchun «Tomosha» bolalar musiqiy teatr-studiyasi tomonidan tayyorlangan «Mehrimizda sehrimiz» teatrlashtirilgan musiqiy dasturi namoyish etildi. Mazkur dastur o‘g‘il-qizlarning dunyoqarashini kengaytirish, salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Bolalarga Prezidentimizning Yangi yil sovg‘alari topshirildi.
Bunday tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda bo‘lib o‘tmoqda.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3801 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Turkiston, boshlandi, tantana, Prezident archasi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное