Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

AQShda “aqlli” qurolni sinovdan o‘tkazish boshlandi

AQShda faqat autentifikatsiya qilingan foydalanuvchilar ota olishi mumkin bo‘lgan “aqlli” qurollar 2022-yilda iste’molchilarga taqdim etilishi mumkin, deb xabar beradi Reuters.

Agentlikning ta’kidlashicha, bu kabi qurolni yaratish borasidagi bahs-munozaralar 20 yildan buyon davom etmoqda.

LodeStar asoschilaridan biri Garey Gleyzerning so‘zlariga ko‘ra, u egasiz qurollarni o‘ynab otib qo‘ygan ko‘plab bolalar haqidagi voqealardan ilhomlangan. “Aqlli” qurol foydalanuvchi shaxsini autentifikatsiya qilish texnologiyasidan foydalanish orqali undan boshqa biror inson otishga uringanida, o‘chirib qo‘yish yo‘li bilan bu kabi fojialarning oldini olishga xizmat qilishi mumkin.

Shuningdek, bunday qurollar yo‘qotilgan yoki o‘g‘irlangan qurollar yordamida o‘z joniga qasd qilishlar sonini kamaytirishi, politsiyachilar hamda qamoqxona qo‘riqchilariga qurolini yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqmaslikka yordam beradi.

LodeStar’ga barmoq izi skaneri va telefon dasturi orqali faollashtiriladigan qisqa masofali aloqa chipi (NFC), shuningdek, PIN-kodni kirituvchi panel integratsiya qilingan. Quroldan bir necha kishi ham foydalana olishi mumkin.

Barmoq izi skaneri mikrosoniyalarda pistoletni blokdan chiqaradi, ammo nam iqlim yoki boshqa noqulay ob-havo sharoitida ishlamay qolishi mumkinligi sabab, PIN-kodni kiritishni talab qiladigan zaxira variantidan foydalaniladi.

Eslatib o‘tamiz, 2014-yilda Amerikaning Armatix kompaniyasi iP1 deb nomlangan “aqlli” pistoletlarini sotuvga chiqargandi. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, bu to‘pponcha qurol o‘g‘irlashlar va ularni jamoat joyida ishlatishlar sonini kamaytirishga xizmat qilishi kerak.

 



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1328 | Рейтинг: 0| Рейтинг: boshlandi, qurolni, o‘tkazish, AQShda, sinovdan, aqlli
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное