Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Smartfonga ulanadigan “aqlli” velosiped ixtiro qilindi

Kickstarter’dagi Vanhawks Valour loyihasi mualliflari qaytadan velosiped ixtiro qilishdi. Yangi qurilma — yuqori texnologiyali velosiped transport vositasi sifatida yaratildi. Bu haqda Look At Me xabar berdi.

Velosiped ruliga ikkita LED-lampalar o‘rnatilgan, ular burilish kerak bo‘lgan joyda yonib-o‘chadi. Yo‘l haqidagi ma’lumotlarni aqlli velosiped Bluetooth orqali smartfondan oladi.

Dastaklarda vibromotorlar joylashgan. Orqa g‘ildirak sensorlari boshqa transport vositasi yaqinlashayotganini sezsa, ular ishga tushadi. Ushbu texnologiya yordamida velosipedda naushnik orqali musiqa eshitish xavfsizroq bo‘ladi.

Safarlar haqidagi barcha ma’lumotlarni velosiped iOS va Android’dagi tegishli dasturga yuklaydi. Bundan tashqari, velosiped o‘g‘irlab ketilgan taqdirda, uni o‘sha dastur orqali topish mumkin bo‘ladi.

Loyiha zarur miqdordagi summani yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Ilk velosipedlar oktabrda sotuvga chiqadi. Ularning narxi 1049 dollarni tashkil etadi.



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 4533 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: aqlli, Smartfon, Velosiped
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
TriX Ajoyib !
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное