Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Mozilla kompaniyasi 33 dollardan sotiladigan smartfonini taqdim etdi

Mozilla hamda Intex Technologies kompaniyalari hamkorlikda Firefox operatsion tizimida ishlaydigan Cloud FX smartfonini taqdim etdi. Bu haqda Mail.Ru xabar berdi.
Smartfon Hindistonda 33 dollardan sotilmoqda. Ushbu smartfonda 3,5 dyuym 480×320 pikselli displey, 1 GGs chastotaga ega bir yadroli Spreadtrum protsessori, 2 megapikselli kamera, 128 Mb tezkor va 4 gigabaytgacha kengaytirish mumkin bo‘lgan 256 Mb ichki xotira, 1250 mA·soat quvvatga ega batareya o‘rnatilgan.
Unda GPS yoki 3G yo‘q, internetga Wi-Fi yoki EDGE moduli orqali ulanadi. U ikki SIM-kartali smartfon bo‘lib, o‘lchamlari 115,9×62×11,8 millimetrni, og‘irligi esa 104 grammni tashkil etadi.
Shuningdek, bugungi kunda Firefox operatsion tizimida ishlaydigan smartfonlar yuklab olishi mumkin bo‘lgan 1000 ta dastur mavjud.
Google kompaniyasi ham Hindistonda keyingi haftadan Android One loyihasi asosida arzon smartfonlarini taqdim etishi mumkin. Biroq, Android One smartfonlarining narxi 115–165 dollar bo‘lishi kutilmoqda.
 


Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 4521 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: mozilla, Smartfon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
boyvo44abola uff shu telefonlayam jonga teydi:-a
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное