Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Yangi iPhone 6 smartfoni O‘zbekistonda 5,5 million so‘mdan sotuvga chiqdi

Apple iPhone 6 smartfonining 16 Gb ichki xotiraga ega turi Toshkent shahridagi “Fleshka” savdo majmuasida 20-sentabrdan boshlab sotilmoqda. Bu haqda do‘konning Facebook’dagi sahifasi xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.
Yangi smartfonning Space Gray (to‘q kulrang) va Silver (kumush) rangli turlarini savdo majmuada 5 550 000 so‘mdan sotib olish mumkin. iPhone 6 Plus planshetofoni va iPhone 6 smartfonining boshqa xotirali turlari yaqin kunlar ichida sotila boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, smartfonlarning 16, 64 va 128 Gb ichki xotiraga ega turlari mavjud. iPhone 6 smartfoni 4,7 dyuym, iPhone 6 Plus esa 5,5 dyuymli displeyga ega.
Yangi iPhone 6 smartfonlari 19-sentabrdan boshlab Avstraliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gongkong, Kanada, Puerto Riko, Singapur, AQSh, Fransiya va Yaponiyada sotila boshlangan edi. Shuningdek, avstraliyalik ilk iPhone 6 xaridorlaridan biri yangi smartfonini qo‘lidan tushirib yuborishga ham ulgurdi.


Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 13354 | Комментарии: 5 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Smartfon, Iphone 6
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 5
islomklasss :D
Like | 0
gullarjon Telefonlani sotuv reytingi haqida malumot topomadim adminga
Like | 0
Damir_95_ Qammat ekan buni puliga bitta ena bola xotin beradiku
Like | 0
musoxonl Admin agar iloji bo'lsa iphone 6 dagi yangi imkoniyatlar haqida ma'lumot bering! Oldindan raxmat!:p
Like | 0
Mikki Judayam qimmat puli topib aql topmaganlar oladi ;)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:46
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное