Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Yangi iPhone 6 smartfonlari namoyish qilinadigan sana e’lon qilindi

Apple jurnalistlarga 9 sentyabrda bo‘lib o‘tadigan tadbirga taklifnoma tarqatdi. AQSh korporatsiyasi deyarli shu tariqa yangi iPhone modeli va boshqa yangi qurilmalarning taqdimoti sanasini e’lon qildi.
Apple ikkita yangi iPhone modeli – iPhone 6S va iPhone 6S Plus smartfonlarini taqdim qiladi, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi. Agentlik bunda AQSh korporatsiyasi tomonidan San-Fransiskoda o‘tkaziladigan tadbirga taklifnomalar jo‘natilganiga asoslanmoqda.
O‘tgan haftada iPhone 6S va iPhone 6S Plus smartfonlari 18 sentyabrdan sotuvga chiqarilishi ma’lum bo‘lgandi. Smartfonlar dastlab AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Yaponiyada sotuvga chiqariladi.
Xitoyning Daliulian ijtimoiy tarmog‘ida ham o‘tgan haftada yangi iPhone’ deb iddao qilinayotgan smartfon surati paydo bo‘lgan edi, 26 avgustda esa dunyodagi eng yirik operator China Telecom’ning ijtimoiy media departamenti menejeri yangi qurilmaning ba’zi detallari haqida ma’lumot berdi. Uning aytishicha, yangi iPhone 6S oldingilaridan tubdan farq qilmaydi.
Yangi smartfonlarda Apple A9 protsessori ishlatiladi, qurilma yaxshilangan kamera, 2 Gb tezkor xotira bilan butlanadi, ekranda esa Force Touch (tegish va bosish o‘rtasida farqni sezish) imkoniyati paydo bo‘ladi. Hozirda bu texnologiya Apple Watch soatlarida ishlatilmoqda.


Manba:kun.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 3003 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Smartfon, Iphone 6, Apple
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное