Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Samsung, Apple va Lenovo smartfonlar bozorida yetakchilik qilmoqda

Joriy yilning 1-choragi bo‘yicha turli kompaniya smartfonlarining sotilishi bo‘yicha statistika ma’lum qilindi.
Xabar berilishicha, yanvar-mart oylari jahon miqyosida 340,8 mln dona smartfon sotilgan. Bu borada Samsung kompaniyasi yetakchilik qilmoqda. Kompaniya 82,8 mln dona smartfon sotgan, bu ko‘rsatkich jahon bozorining 24,3 fozini tashkil qiladi.
2-o‘rinni Apple egallamoqda: joriy yilning dastlabki uch oyida “olma” imperiyasi 61,6 mln dona iPhone sotgan hamda umumiy bozorning 17,9 foizini egallagan. 3-o‘rinni Lenovo kompaniyasi egallamoqda: kompaniya 1-chorakda 18,7 mln dona smartfon sotgan, bu umumiy bozorning 5,5 foizini tashkil qiladi.
Qayd etilishicha, yuqori o‘ntalikdan Microsoft va Sony kompaniyalari chiqib ketgan. Ularning o‘rinlarini dunyo bozorida o‘z pozisiyalarini faol mustahkamlayotgan xitoylik ishlab chiqaruvchilar egallagan. Xususan, yuqori o‘ntalikdan Xitoyning yettita kompaniyasi: Lenovo dan tashqari, Huawei, Xiaomi, ZTE, Coolpad/Yulong, TCL/Alcatel va Vivo kompaniyalari o‘rin olgan.
Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi ham yuqori o‘ntalikdan joy olib, 5-o‘rinni egallamoqda: kompaniya 1-chorakda 15,4 mln smartfon sotishga muvaffaq bo‘lgan, bu umumiy bozorning 4,5 foizini tashkil qiladi.


Manba:kun.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 3239 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Samsung, Smartfon, Apple, Lenovo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное