Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Samsung smartfonlar bozoridagi hissasi 4 yil ichida 1-marta tushib ketdi

Strategy Analytics tahlil kompaniyasi 2014-yilning birinchi choragida dunyo bo‘yicha smartfonlar savdosi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, Samsung’ning bozordagi hissasi so‘nggi to‘rt yil ichida birinchi marta tushib ketgan, Apple hissasi ham Xitoy ishlab chiqaruvchilari bosimi ostida kamayishda davom etmoqda. Bu haqda mail.ru xabar berdi.

2014-yil birinchi choragida Samsung’ning smartfonlar bozoridagi hissasi 31,2 foizni tashkil qildi, o‘tgan yili ushbu ko‘rsatkich 32,4% darajasida edi. Tahlilchilar buni koreys kompaniyasining ikki tomonlama: bir tomondan Apple, ikkinchi tomondan xitoylik ishlab chiqaruvchilar tomonidan siquvga olinayotgani bilan bog‘ladi.

Apple esa bozorning 15,3 foizini egalladi. O‘tgan yilgidan (17,5%) ancha past ko‘rsatkich amerikalik ishlab chiqaruvchini xavotirga solmadi, ular birinchi navbatda daromad darajasini ahamiyatli deb biladi, bu borada esa ularda hammasi joyida.

Samsung va Apple’dan ancha orqada Xitoyning Huawei va Lenovo kompaniyalari bormoqda. Huawei bir yil ichida o‘z holatini saqlab qolgan bo‘lsa (4,7%), Lenovo uni ancha yaxshiladi (o‘sish 3,9 foizdan 4,7 foizgacha).



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 4115 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Apple, Samsung
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное