Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Apple va Samsung sudlashmasdan kelishib olmoqchi

Butun dunyo bo‘yicha zamonaviy texnologiya ishqibozlarining nigohida bo‘lgan yirik mojarolardan biri Apple va Samsung kompaniyalari o‘rtasidagi patent "janglari”dir. "Sukerberg pozvonit ” saytining yozishicha, bu ikki kompaniya shu yili patent masalasidagi kelishmovchiliklarni muhokama qilib olishlari mumkin.

Mazkur kompaniyalar rahbarlari – Tim Kuk hamda Kvon O-Xen shu masala yuzasidan 19-fevralda o‘zaro uchrashishadi. Uchrashuvda vositachi ham ishtirok etadi. Uchrashuv ko‘ngildagidek o‘tsa, buning natijasida mart oyida Apple o‘z da’volaridan voz kechishi ehtimoli bor.

Patent borasidagi sud jarayonlarida, 2012-yil avgustida Samsung mag‘lub bo‘lgan edi. O‘shanda Kaliforniya sudi, Galaxy S2 smartfoni ishlab chiqarilishida Apple’ning bir qator patentlari buzilgan, deb topgan edi. Shuningdek, bu ikki smartfonning o‘ta darajada o‘zaro o‘xshashligidan tashqari, sudda planshetlar haqida ham so‘z borgan. Oqibatda Samsung 930 million AQSh dollari miqdorida jarima to‘lashga hukm qilingan edi.

Shu yili martda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan yangi sud jarayonida esa nisbatan keyingi smartfonlar patentlari borasidagi da’volar ko‘rib chiqilishi lozim. Jumladan, sotilishi bo‘yicha iPhone smartfonlarini ortda qoldirgan Galaxy S3 ishlab chiqarilishida ham patent buzilganligi da’vo qilinmoqda.

Manba:daryo.uz



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 3508 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Samsung, Apple
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное