Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Samsung Galaxy S5 ko‘z to‘r pardasi skaneri bilan jihozlanadi


Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yangi Galaxy S5 (yoki SV)da ko‘z to‘r pardasi skaneri, barmoq izi skaneri paydo bo‘ladi, tezkor xotira va batareya hajmi oshadi. Bu haqda ZDNet Korea tarqatgan ma’lumotga tayanib, LookAtMe nashri xabar berdi.

Xabarda keltirilishicha, Samsung o‘z raqibi Apple’dan nafaqat ortda qolmaslikka, balki o‘zib ketishga harkat qilmoqda. Galaxy S5 o‘z egasini barmoq izidan tashqari, ko‘zning rangdor pardasi orqali ham taniy oladi.

Samsung smartfonidagi muhim yangiliklardan yana biri sifatida uning 2560×1440 pikselli QHD-displeyi tilga olinmoqda. Tezkor xotirasi 3 Gb, akkumulyatori hajmi 4000 mAh bo‘lishi kutilmoqda.

Samsung yangi smartfonni 2014-yilning fevralida o‘tkaziladigan Mobile World Congress’da namoyish qilishi mumkin.

Nashrning ta’kidlashicha, shu o‘n yillik oxiridayoq biometrik ma’lumotlar (barmoq izi, ko‘z to‘r pardasi) mobil qurilmalarda parollar o‘rnini egallashi mumkin.



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 6874 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Apple, Samsung, GALAXY S5
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
firemem ana endi aldamasin
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное