Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

O‘zbekiston smartfonlari sotuvga chiqdi

UZTE brendi ostida Xitoy bilan hamkorlikda ishlab chiqarilayotgan smartfonlar Toshkentdagi "Fleshka” majmuasida sotila boshladi, deya xabar beradi Megamall.uz sayti. Ayni paytda ishlab chiqarilayotgan uch turdagi UZTE telefonlari narxi bir-biridan ancha farq qiladi. Bu ularning texnik xususiyatlariga bevosita bog‘liqdir. Keling, ularning narxlari va ba’zi jihatlari bilan qisqacha tanishib chiqamiz.

UZTE Grand V

Narxi: 250 000 so‘m

Operatsion tizimi: Android 4.0

Protsessor: MSM 7225A

Tezkor xotira: 512 Mb

Ichki xotira: 1 Gb

Xotira kartasi qo‘yish mumkin: 32 Gbgacha

Kamera: 3 Mp

Akkumulyator: Li-lon, 1200 mAh

Og‘irligi: 120 g

UZTE Grand M

Narxi: 420 000 so‘m

Operatsion tizimi: Android 4.0

Protsessor: MTK6577

Tezkor xotira: 512 Mb

Ichki xotira: 4 Gb

Xotira kartasi qo‘yish mumkin: 32 Gbgacha

Kamera: 5 Mp

Akkumulyator: Li-lon, 1600 mAh

Og‘irligi: 130 g

UZTE Grand X

Narxi: 625 000 so‘m

Operatsion tizimi: Android 4.0

Protsessor: ICE8065T-R

Tezkor xotira: 512 Mb

Ichki xotira: 4Gb

Xotira kartasi qo‘yish mumkin: 32 Gbgacha

Kamera: 5 Mp

Akkumulyator: Li-lon, 1650 mAh

Og‘irligi: 130 g


Ta’kidlash joiz, UZTE smartfonlari Toshkentda hozircha eng arzon smartfonlardan biri bo‘lib turibdi. Taxminan shu narxlarda hozirda Samsung Galaxy Trend (410 000 so‘m), Samsung Galaxy Star Deluxe (296 000 so‘m),Samsung Galaxy Core (690 000 so‘m), Samsung Galaxy S Duos (522 000 so‘m), Sony Xperia ion (705 000 so‘m), Sony Xperia L (660 000 so‘m), Sony Xperia J (535 000 so‘m), Samsung Galaxy Ace 3 (620 000 so‘m) smartfonlarini xarid qilish mumkin.

Taqqoslash uchun, ayni paytda "Fleshka” majmuasida iPhone 5s — 2 425 000 so‘m, iPhone 5c — 1 705 000 so‘m,Samsung Galaxy Note 3 — 1 905 000 so‘m, Samsung Galaxy s4 — 1 550 000 so‘m narxda sotilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, UZTE savdo belgisi ostida uch xil modeldagi smartfonlar ishlab chiqariladi. UZTE texnik-tijorat bo‘limi boshlig‘i Timur Mamatxo‘jayevning aytishicha, UZTE telefonlariga 1 yil kafolat beriladi. Bundan tashqari, poytaxtimizning "Fleshka” va "Abu Saxiy” elektronika bozorlarida firma magazinlari ochilib, u yerda kafolatlangan xizmatlar ko‘rsatiladi.

Telefonlarni ishlab chiqarish hajmini 2016-yilga qadar yiliga 100 mingtagacha yetkazish ko‘zda tutilgan.

 Manba:daryo.uz



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 13618 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: UZTE, Smartfon, O‘zbekiston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
zumrad991 balki ommaga maqul kelar
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное