Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Zerda - Soundtreck
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Soundtreck-Великолепный Век
. Qirolicha - Stakan Version
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekiston jamoat joylarida chekishga ma’muriy jazo belgilanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-fevral kungi qaroriga muvofiq qabul qilingan "Sog‘lom bola yili” Davlat dasturini amalga oshirishda rejalashtirilgan jami xarajatlar miqdori 4 509,2 mlrd so‘m va ekvivalentda 302,9 mln dollarni tashkil qilmoqda. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev o‘z saytida xabar berdi.

Davlat dasturi asosida bir qator qonun loyihalarini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Xususan, dasturning 7-bandiga binoan, "O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish ham belgilandi.

Mazkur qonun loyihasiga ko‘ra, jamoat joylarida alkogol mahsulotlarini iste’mol qilganlik uchun ma’muriy jarimalar miqdori oshiriladi. Ta’kidlash joiz, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 187-moddasiga (Jamoat joylarida spirtli ichimliklar ichish) binoan:

Ko‘chalarda, stadionlarda, xiyobonlarda, bog‘larda, barcha turdagi jamoat transportida hamda spirtli ichimliklarni quyib sotishga ruxsat etilgan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan boshqa jamoat joylarida spirtli ichimliklar ichish — eng kam ish haqining o‘ndan bir qismidan uchdan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (9 610 so‘m).

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa,

Eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi (32 ming 35 so‘m).

Shuningdek, qonun loyihasida jamoat joylarida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilganlik hamda alkogol va tamaki mahsulotlari targ‘ib qilinganligi uchun ham ma’muriy jazo choralari belgilanadi.

Eslatib o‘tib, 2011-yil 5-oktabr kuni "Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan edi. Mazkur qonunning 19-moddasida jamoat joylarida alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishga yo‘l qo‘ymaslik haqida so‘z yuritilgan bo‘lib, unda quyidagicha norma belgilangan:

Ish joylarida, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sport-sog‘lomlashtirish muassasalarida, yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan joylarda, shu jumladan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida, tamaki mahsulotini iste’mol qilish uchun maxsus ajratilgan joylar va (yoki) xonalar bundan mustasno, shuningdek jamoat transportining barcha turlarida tamaki mahsulotini iste’mol qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Garchi qonun bo‘yicha jamoat joylarida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish taqiqlangan bo‘lsa-da, ushbu taqiqni buzganlar uchun bironta jazo belgilanmagan edi. "Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi asosida yuqoridagi harakatlar uchun ma’muriy jazo choralari belgilanadigan bo‘ldi. Hozircha, ma’muriy jazo miqdori ma’lum emas.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, chekish bilan bog‘liq ma’muriy jazolar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda o‘z aksini topgan. Ammo unda aynan jamoat joylarida chekish nazarda tutilmagan.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6568 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbekiston, chekish
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное