Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

O‘zbekistonda “yulduz”larni buyurtma qiluvchi mobil dastur paydo bo‘ldi


O‘zbekistondagi san’atkorlar ro‘yxati va ular bilan bog‘lanish uchun barcha zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yangi mobil dastur paydo bo‘ldi. Bu haqda "Podrobno” nashri xabar berdi.

Ushbu dastur iShow.uz deb atalib, uni Google Play do‘konidan yuklab olish mumkin. Dastur do‘konga shu yilning 12-noyabr kuni joylangan bo‘lib, u "yulduzlar katalogi bilan tanishtiruvchi ilk mobil dastur” deb ta’riflangan. "To‘yingizda ishtirok etish uchun yulduzga buyurtma bermoqchimisiz? Tug‘ilgan kunga boshlovchi taklif qilmoqchimisiz? iShow.uz mobil dasturidan foydalaning”, — deyiladi ta’rifda.

Nashr xodimlari ushbu dasturni sinab ko‘rgani, biroq unda ko‘rsatilgan telefon raqamlariga ulanib bo‘lmaganini qayd etdi. Ma’lum bo‘lishicha, katalogda ko‘pchilik san’atkorlarga bir xil telefon raqami biriktirilgan. "Balki bu raqam ularning prodyuseri yoki direktoriga tegishlidir?” — deya ta’kidlanadi xabarda. Shuningdek, bu dasturda mavjud bo‘lgan texnik nosozliklar natijasi bo‘lishi mumkinligi ham taxmin qilindi.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 9655 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 1| Рейтинг: mobil dastur, YULDUZ, O‘zbekiston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
podsnejnik Yana aldanadi odamla owa raqamga tel qladi keliwuv boladi, xonandala kíyin tan omidi bizga buyurtma tuwmadi dib
Like | 0
Temur8768 Бошка тузукрок нарса уйлаб топишса бумидими???
Like | 0
аватар отсутствует Bemanilik
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:46
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное