Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

UZTE ikkita yangi smartfon ishlab chiqarishni boshladi

UZTE kompaniyasi ikkita yangi smartfonni sotishni boshlaganini e’lon qildi. UZTE Grand X Quad va UZTE Grand X II modellarning sotuvi haqidagi ma’lumot kompaniyaning rasmiy saytida paydo bo‘ldi.

UZTE Grand X Quad smartfoni besh dyuymli ekran, to‘rt yadroli protsessor, sakkiz megapikselli kameraga ega. Operativ xotirasi 1 GB, qo‘shimcha xotirasi 4 GB ni tashkil etadi (+microSD karta). Smartfonga Android 4.2 operatsion tizimi o‘rnatilgan. Batareyasining sig‘imi 2500 mA/soatga teng.

Ikkinchi model — UZTE Grand X II 4,5 dyuymli sensorli ekran, to‘rt yadroli protsessor bilan jihozlangan. Smartfonda, shuningdek, avtofokus va vspishkaga ega besh megapikselli asosiy kamera mavjud. Telefon ikkita SIM-karta bilan ishlay oladi. Batareyasining sig‘imi 1600 mA/soatni tashkil etadi.

Ushbu modellar sotuvga chiqarilgani haqida UZTE kompaniyasi saytida aytilganiga qaramasdan, 26-yanvarda poytaxtdagi "Fleshka” texnomarkazi ("Malika” fabrikasi)da ushbu telefonlar sotuvda yo‘q edi. Shuningdek, yangi modellarning narxi ham noma’lum.

UZTEning yangi modellaridan faqat R255 nomli byudjet modeli sotuvga chiqqan.



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 3595 | Рейтинг: 1| Рейтинг: UZTE, UZTE Grand
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное