Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Artel kompaniyasi birdaniga beshta planshetini taqdim etdi
Artel kompaniyasi sotuvga chiqarilgan ikkita smartfonidan so‘ng, birdaniga beshta Android-planshetlarini taqdim etdi. Bu haqda Mobinfo.uz sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Ushbu planshetlar Artel Style, Artel Choice, Artel Next, Artel Connect va Artel Excellent Tab 1 deb nomlangan. Quyida ularning texnik imkoniyatlari va kompaniyaning onlayn do‘konidagi narxlari bilan tanishishingiz mumkin.
Artel Connect — 260 000 so‘m.

Unda 7 dyuym 800×480 pikselli displey, 1,5 GGs chastotga ega ikki yadroli protsessor, 0,3 megapikselli orqa va old kamera, 512 Mb tezkor xotira va 8 Gb ichki xotira (+MicroSD), 2500 mA·soat quvvatga ega batareya, Bluetooth, Wi-Fi Hotspot, GPS+AGPS, Android 4.2 operatsion tizimi o‘rnatilgan.
Uning o‘lchamlari 198×116×11 millimetrni, og‘irligi esa 310 grammni tashkil etadi.
Artel Next — 310 000 so‘m.

Unda 7 dyuym 1024×600 pikselli displey, 1,3 GGs chastotga ega ikki yadroli protsessor, 0,3 megapikselli old va 2 megapikselli orqa kamera, 512 Mb tezkor xotira va 8 Gb ichki xotira (+MicroSD), 2500 mA·soat quvvatga ega batareya, Bluetooth, Wi-Fi Hotspot, GPS+AGPS, Android 4.2 operatsion tizimi o‘rnatilgan. U ikki SIM-kartada ishlay oladi.
Uning o‘lchamlari 189×111×11 millimetrni, og‘irligi esa 271 grammni tashkil etadi.
Artel Style — 365 000 so‘m.

Unda 7 dyuym 960×540 pikselli displey, 1,3 GGs chastotga ega ikki yadroli protsessor, 0,3 megapikselli old va 2 megapikselli orqa kamera, 512 Mb tezkor xotira va 8 Gb ichki xotira (+MicroSD), 2800 mA·soat quvvatga ega batareya, Bluetooth, Wi-Fi Hotspot, GPS+AGPS, Android 4.2 operatsion tizimi o‘rnatilgan. U ikki SIM-kartada ishlay oladi.
Uning o‘lchamlari 189,2×101×8,9 millimetrni, og‘irligi esa 239 grammni tashkil etadi.
Artel Choice — 375 000 so‘m.

Unda 7 dyuym 1024×600 pikselli displey, 1,3 GGs chastotga ega ikki yadroli protsessor, 0,3 megapikselli old va 2 megapikselli orqa kamera, 512 Mb tezkor xotira va 8 Gb ichki xotira (+MicroSD), 2500 mA·soat quvvatga ega batareya, Bluetooth, Wi-Fi Hotspot, GPS+AGPS, Android 4.4 operatsion tizimi o‘rnatilgan. U ikki SIM-kartada ishlay oladi.
Uning o‘lchamlari 190×111×11 millimetrni, og‘irligi esa 263 grammni tashkil etadi.
Artel Excellent Tab 1 — hozircha narxi noma’lum.

Unda 7 dyuym 1024×600 pikselli displey, 1,2 GGs chastotga ega ikki yadroli protsessor, 0,3 megapikselli old va 2 megapikselli orqa kamera, 512 Mb tezkor xotira va 4 Gb ichki xotira (+MicroSD), 3000 mA·soat quvvatga ega batareya, Bluetooth, Wi-Fi Hotspot, GPS+AGPS, Android 4.2 operatsion tizimi o‘rnatilgan. U ikki SIM-kartada ishlay oladi.
Uning o‘lchamlari 188×110×11 millimetrni, og‘irligi esa 257 grammni tashkil etadi.


Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 7857 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Mobile, telifon, Artel
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:52
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное