Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Tanho malagim - Soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Ishq Jodusi - All I want
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. TisMarHan-soundtreck
. Pazanda - Soundtrack
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Titanik-soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O'z erining qotiliga aylangan kelinchak

«Muhabbatning ko'zi ko'r», deyishadi. Albatta, bu yaxshi ko'rgan insoningning biror kamchiligini e'tibordan chetda qoldirganingda senga pand sifatida uqtiriladi. Ammo ana shu ko'zi ko'r muhabbat seni jinoyatga boshlasa, bu tuyg'uni muhabbatga bog'lamagan ma'qul ekan…

Saida bilan Botir (ism-shariflar o'zgartirilgan) yoshlikdan birga katta bo'lishdi. Zero, ular deyarli tengdosh va qarindosh edi. Tabiyki, Saida voyaga yetgach, unga sovchilar kela boshladi. Ota-onasi uni yaxshi oila ekan deb, birinchi kelgan sovchilarga berib yubordi. Boshidan kelinchak yot uyga ko'nika olmadi. Turmush o'rtog'iga ko'ngli bo'lmadi. Telefon sabab esa o'rtalarida kelishmovchilik kelib chiqdi. Natijada kuyov kelinga qo'l ko'tarishgacha bordi.
Buni «hazm qila olmagan» kelinchak qarindoshi Botirga telefon qilib, eri bilan kelisha olmayotgani va ajrashishi haqida gapirdi. Botir ham qarindoshiga ajrashishi kerakligini uqtirdi. Shundan keyin qarindosh «aka-singil» kunora telefonda gaplashib turadigan bo'ldi. Oradan hafta o'tib, Botir va Saida ko'rishdi. Saida yana eridan nolib, Botirdan yordam so'radi. Botirning rejasini eshitgach esa kelinlik hovlisidagi oila a'zolarining qaerda uxlashi, qaysi xonada odam bo'lishini birma-bir tasvirlab berdi.
Endigi vazifa Botirning zimmasida qolgandi. U odam o'ldirishni rejalashtirayotgan edi. O'zicha rejasini pishitgan bo'lib, Saidaga «Ertaga tayyor tur, uylaringga boraman» deyishni-da unutmadi.
Ertasi kuni shomga yaqin Botir yo'lga tushdi. Nimagadir a'zoi badanini qaltiroq bosdi. U ilgari hech bunaqa holatga tushmagandi. Shuning uchun dorixonaga kirib niqob, qanaqadir 4 ta dona dori sotib olib, hammasini birvarakayiga ichib yubordi. So'ng xo'jalik mollari do'koniga o'tdi. U yerdan qo'lqop xarid qilib, taksi to'xtatdi va borar manzilini aytdi.
Bu orada soat 19: 30 ga yaqinlashgandi. Botirni Saidaning o'zi kutib oldi va qotil oshig'ini mehmonxonaga joylashtirdi. Xullas, «kuyovni yo'q qilish» operatsiyasi boshlandi. Avvalo, xonadagi tilla taqinchoqlar «yo'qotildi». So'ng Botir mehmonxonada turgan dazmolning simini uzib oldi, go'yo o'g'irlikka tushgandek, o'zini himoya qilgandek taassurot qoldirish uchun. U kuyovning kelishini va uxlashini kutardi. Tungi soat 00: 10 lar. Kimdir yotoqda yotgan kelin-kuyovning ustiga bostirib kelib, kutilmaganda yigitning yuziga ura boshladi. Hamma narsani bilib yotgan kelinchak esa erining ovozini o'chirish uchun yostiq olib uning yuziga bosdi.
Kuyov qochishga tutinganda Botir uni qo'lidagi sim bilan bo'g'a boshladi. Oradan biroz o'tib Shoqosim yerga yiqildi…
Shundan keyin Botir uyni ostin-ustun qildi. Shkafdagi pullarni olarkan, bir qismini o'ziga oldi, qolganini Saidaga berdi. Tumba ustida turgan qimmat qo'l telefonini esa cho'ntagiga soldi. Saida o'ziga tegishli qo'l telefonini ham Botirga uzatdi. Chunki jinoyat izlarini hech kim topolmasligi kerak-da. Botir ishini bitirib, tezda uyni tark etarkan, yo'l-yo'lakay cho'ntagidagi telefonlarni suvga uloqtirdi…
Birovni o'ldirish hisobiga olingan 500 AQSh dollari va 110 ming so'm pul aysh-ishrat yo'lida ishlatib yuborildi.
Qotillik sodir etilgan kunning ertasiga Saida go'yo «Uyga o'g'ri tushdi, erimni kimdir o'ldirib ketdi», deya ayuhannos soldi.
Tabiiyki, mahallada o'z odobi bilan nom chiqazgan kuyovning noma'lum kimsa tomonidan o'ldirilib ketilishi mahallada shov-shuv bo'ldi. Butun shahar oyoqqa turdi. Tezkor-tergov guruhi tuzilib, qidiruv ishlari boshlandi. Voqeaga aloqador, shubhada bo'lgan insonlar borki, so'roqqa tutildi. Saida ham tergovchilar nazaridan qolmadi. Shubha-gumonlar o'z natijasini berdi. Voqeaning ikkinchi kuni jinoyat ochildi. Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari Botir Haydarovni hibsga olishdi.
Sudlanuvchilar S. Abdullayeva va B. Haydarovning harakatlari Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «p» bandida nazarda tutilgan qasddan odam o'ldirish, ya'ni bir guruh shaxslar tomonidan javobgarlikni og'irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o'ldirishda ifodalangan jinoyatni sodir etgan deb topildi. Sud «aka-singil» qarindoshlarga qonunda belgilangan muddatlarga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.
Odam o'ldirishni shunchaki o'yin deb bilgan yigitcha va birovning hasmi bo'lgan kelinchakning umri endi qamoqda o'tadi. Xo'sh, qamoqqa ravona bo'lgan oshiq qotillar bu ishlari ularning peshonasiga bir umr tamg'a bo'lishini, ota-onasining yuzini yerga qaratganini bilisharmikin? Bir yosh yigitning umrini xazon qilganini-chi? Farzand dog'ida qolgan ota-onani-chi? To'g'ri, ular bu narsalarni his qilib ko'rishga ham qodir emas. Chunki ularning qalbi muhabbatning qora rangiga burkanib bo'lgan edi. Endi esa vaqt ularni jazolashi, azoblashi muqarrar…
Z. KAMOLOV,
Jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar sudi sudyasi
Z. ShARIFJONOV,
jurnalist


Manba:Hordiq.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4185 | Рейтинг: 1| Рейтинг: qotil, aylangan, Kelinchak, O'z eri
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное