Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qaxvaxona - soundtreck
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Zerda - Soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Ashraf G‘ani: “Men hali ham Afg‘oniston prezidentiman”

“Men Konstitutsiya asosidagi prezidentman va Afg‘oniston xalqi qonuniy asosda hokimiyatni boshqa birovga topshirmagunicha, prezident bo‘lib qolaman”, — dedi Afg‘onistonning mamlakatdan qochib ketgan prezidenti Ashraf G‘ani ABN kanaliga bergan intervyusida.
 

Qariyb 90 daqiqa davom etgan intervyu chog‘ida Ashraf G‘ani “Mudofaa vazirligi, AQSH elchixonasi va milliy xavfsizlik organlari evakuatsiyasi haqida xabar topganidan keyin Afg‘onistonni tark etishga majbur bo‘lgani”ni aytdi.

Avvalroq G‘ani toliblar hali Kobulga kirmasidan oldinroq Afg‘onistondan qochib ketgani xabar berilgandi.

Shuningdek, “Tolibon” ma’lum qilganidek, ular Ashraf G‘ani Afg‘onistondan jo‘nab ketgani haqida xabar topganidan keyin, Vashington bilan oldindan maslahatlashgan holda Kobulga kirgan.

Ashraf G‘ani so‘zlariga ko‘ra, Kobulning qulashi oldidan iste’fodagi bir qator amerikalik generallar va OAVlar xabarlari afg‘on armiyasi ruhini susaytirgan.

Shuningdek, u o‘zining hokimiyatdagi sherigi va Milliy yarashuv oliy kengashi sobiq rahbari Abdulla Abdullani, shuningdek, sobiq prezident Hamid Karzayni keskin tanqid qildi, ular hamon Kobulda qolmoqda.

G‘ani Abdulla Abdullani Afg‘onistonda davlat tuzumi kuchsizligida aybladi, Afg‘onistonda tinchlik masalalari bo‘yicha AQSH sobiq maxsus vakili Zalmay Xalilzodni esa “yetarli darajada mustaqil bo‘lmagan” shaxs deb atadi. Hozircha ular G‘anining gaplariga javob qaytargani yo‘q.

Ammo Karzay va Abdulla avvalroq G‘anini Afg‘onistondan qochib ketgani uchun tanqid qilgan va uni hokimiyatni topshirish haqidagi kelishuvlarni buzishda ayblagandi.

Zalmay Xalilzad Ashraf G‘anining intervyusi efirga berilishidan oldin Afg‘onistonning PCE/PC xizmati bilan suhbatda G‘ani hokimiyatni topshirish haqidagi kelishuvlarning bajarilishini ta’minlamagnini aytgandi.

G‘ani, shuningdek, toliblarning boshqaruv rejimi haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, toliblarning yetakchisi mulla Haybatulla Oxunzoda “Tolibon” guruhi asoschisi mulla Muhammad Umarchalik ta’sirga va obro‘ga ega emas.

Nashr eslatishicha, avvalroq “Tolibon” hukumati bosh vaziri mulla Abdulg‘ani Birodar toliblar Ashraf G‘anini o‘ldirmoqchi bo‘lmaganini aytgandi. Ushbu bayonot G‘anining u agar Afg‘onistonni tark etmaganida, toliblarning birinchi boshqaruvi chog‘ida Kobulda osib o‘ldirilgan sobiq prezident Najibullaning taqdiri kutgan bo‘lishi haqidagi gaplariga javoban aytilgandi.

O‘z intervyusida Ashraf G‘ani toliblarga nisbatan qurolli qarshilik harakatini qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi, biroq toliblar noto‘g‘ri siyosat olib borayotgani va haligacha Pokiston bilan bog‘liq ekanligini ta’kidladi.

 



Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3114 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Hali, prezidentiman”, Afg‘oniston, Ashraf, ham, Men, G‘ani
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное