Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Avaz Oxunning baxt kaliti


“Psixologik portret”ning doimiy mutaxassisi Go‘zal Ro‘zmatova o‘z hazillari bilan xalq mehrini qozongan so‘z ustasi — Avaz Oxun bilan suhbatlashdi.

Go‘zal Ro‘zmatova: — Savollarim oddiy. Ammo javoblardan sizning hayotga bo‘lgan qarashingiz va muammolarni qay yo‘sinda hal etishingizni bilib olamiz.

— Tasavvur qiling, yo‘l ustida ketyapsiz? U qanday?

— Bir tekis asfalt yo‘l.

— Nima deb o‘ylaysiz, kunning qaysi vaqti?

— Sahar vaqtida yo‘lga chiqdim.

— Yo‘lingizda to‘siqqa duch keldingiz. U nimadan yasalgan?

— Temirdan.

— Undan qanday o‘tmoqchisiz?

— Bir sakrab o‘tib ketaveraman (kuladi).

— Yo‘lingizda davom etasiz, oldinda esa o‘rmon. Uni tasvirlab bering.

— Katta-katta darxatlari bor, uncha quyuq bo‘lmagan o‘rmon.

— O‘rmon ichidagi kichik yo‘ldan yuryapsiz. Kalitga ko‘zingiz tushdi. U qanday va kalitni nima qilmoqchisiz?

— “Buratino” multfilmidagi katta kalit bor-u, o‘sha. O‘zim bilan birga olib ketaman.

— Endi esa siz chiroyli uy va hovuz yonidasiz...

— Birinchi hovuzda cho‘milib, keyin uyga kirib, dam olaman.

— Uy ortida esa yana yo‘l ko‘rinyapti. U yerda to‘siqlar bormi? Uni qanday tasavvur etyapsiz?

—Sohilga olib boradigan, uzun yo‘lak.

— O‘sha payt kuning qaysi vaqti?

— Kunning ikkinchi yarimi, taxminan soat 14:30 lar...

Psixolog xulosasi

Go‘zal Ro‘zmatova: — Suhbatimiz avvalida tasvirlab bergan yo‘l — sizning odamlarga bo‘lgan munosabatingiz haqida so‘zlaydi. Tekis asfalt yo‘lda mashinalar yuradi, demak, sizning hayot tarzingiz ham ana shunday tez va serharakat o‘tmoqda. Quyosh esa sizning reja, g‘oya va maqsadlaringizni belgilab beradi. Quyosh chiqayotganda yo‘lga chiqdingiz. Bundan bilish mumkinki, kelajakda orzularingiz amalga oshishini kutayapsiz. To‘siqlardan esa omadsizlik naqadar yaqinligini taxmin qilish mumkin. Lekin siz ulardan sakrab o‘tib, ortda qodirdingiz. Bu hayotdagi muammolarni juda oson yengishingizni bildiradi. Menga gapirib bergan o‘rmoningiz quyuq emas, quyosh nurlari tushib turibdi. O‘rmon — ichki holatingiz ko‘zgusidir. U qanchalik yorug‘ va keng bo‘lsa, sizning ayni damdagi ichki olamingiz ham xuddi shunday holatda. Kalit, bu — baxt. Uning katta-kichikligi esa hayotingizdan qanchalik mamnun va baxtli yashayotganingizni anglatadi. Uyga kelganingizda tasvirlagan holatingiz sizga doim e’tibor va mehr kerakligini bildiradi. Uy ortidagi yo‘l kelajagingiz bilan bog‘liq xayollaringizdan so‘zlayapti. U yerda to‘siqlarning yo‘qligi esajuda yaxshi.

Aliya SULAYMANOVA



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6435 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Avaz Oxun
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Shaxzod пишет: | 02.11.2017 | 16:39 ( E-mail ) #1 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует yaxshi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное