Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

«Avtomobilni ishonchnoma orqali boshqarish tarixga aylanadi» — vazir

Kecha, 25 noyabr kuni Adliya vaziri Ruslanbek Davletov bilan Facebookdagi «Xalq bilan muloqot» guruhida fuqarolar bilan onlayn muloqot tashkil etildi. Unda vazir avtomashinalarni ishonchnoma bilan boshqarish kelajakda tarixga aylanishini ma’lum qildi.

«Avtomashinalarni boshqarishda ishonchnoma masalasi doimo dolzarb bo‘lib kelgan. Prezidentimiz qaroriga asosan yaqin qarindoshlar bo‘ladigan bo‘lsa, ishonchnoma zarur emas degan norma kiritildi, ya’ni yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi munosabatlardan kelib chiqib, shu yangilik joriy etildi. Bu yaxshi qadam. Ko‘p vazirliklar bunga qarshi bo‘ldi, biroq hukumatimiz qo‘llab-quvvatladi va Prezidentimiz qarorni imzoladi. Kerak bo‘lsa, bu jarayonni soddalashtirishni yana davom ettirishimiz lozim. Chunki mashinani boshqarish asosan sug‘urta asosida tartibga solinsa ham yetarli bo‘ladi. Ishonchnoma kabi hujjatlar, o‘ylaymizki, kelajakda tarixga aylanadi», — dedi Ruslanbek Davletov.


Manba:xabar.uz
Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 6377 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Avtomobi, boshqarish, ishonchnoma orqali, tarixga aylanadi, Vazir
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное