Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Madaniyat vazirligida o‘rinbosarlar yap-yangi, vazir esa 15 yillik eski mashina minishi ma’lum bo‘ldi

Kecha, 20 oktyabr kuni, Madaniyat vazirligi o‘z tasarrufidagi xizmat avtomototransport vositalari, xizmat uylari va boshqa ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Ro‘yxatdan oltita avtomobil va 17 ta ko‘chmas mulk o‘rin olgan.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining xizmat avtomobili sifatida 2007 yilda ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz rusumli davlat belgisi PAA 263 raqamli avtomobili qayd etilgan. Hujjatda vazirning uch nafar o‘rinbosari 2020-2021 yillarda ishlab chiqarilgan Malibu-2 avtomobillari xizmatidan foydalanishi ko‘rsatilgan, qolaversa vazir o‘rinbosari lavozimiga tenglashtirilgan, Axborot va matbuot xizmati boshlig‘iga 2017 yilda ishlab chiqarilgan Lacetti rusumli avtomobil ajratilgan. 2015 yilda ishlab chiqarilgan yana bir Lacetti esa navbatchi avtomashina sifatida qayd etilgan.

Xizmat avtomobillariga asos sifatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yildagi 258-sonli qarori ko‘rsatilgan.

Qolaversa, ro‘yxatdan Vazirlikka tegishli bo‘lgan 17 ta ko‘chmas mulk ob’ektlari ham o‘rin olgan. Ulardan 14 tasi Toshkent shahrining Yunusobod tumanida, yana uchta ob’ekt Yashnobod, Sirg‘ali va Olmazor tumanlarida joylashganligi qayd etilgan. Ulardan eng kichigi 49,56 kv.m, eng kattasi 113,85 kv.m.

Avvalroq, Ekoqo‘mita egalik qiluvchi avtomobillar soniga aniqlik kiritilgan edi. Shuningdek, Jizzax viloyati hokimligi tasarrufidagi mashinalarning soni 27 tani tashkil etishi haqida ma’lumot berilgan.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2077 | Рейтинг: 0| Рейтинг: o‘rinbosarlar, Eski, 15 yillik, Vazir, ESA, minishi, mashina, ma’lum, yap-yangi, bo‘ldi, Madaniyat, vazirligida
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное