Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Polshaga tushgan raketani kim otgani ma’lum bo‘ldi
Kecha, 15 noyabr kuni Polsha hududiga ikkita raketa uchirilgan edi. Bu raketalar Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan otilgan. Bu haqda “Associated Press” agentligi xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Polsha hududiga tushgan raketa Ukraina kuchlari tomonidan yaqinlashib kelayotgan Rossiya raketasiga qarshi uchirilgan.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’lumotlar Polshada raketa qulashi bilan bog‘liq hodisada Rossiyaning aloqasi yo‘qligini ko‘rsatayotganini aytgan. 

U Germaniya kansleri Olaf Shols bilan muzokaralar chog‘ida bu hodisa texnik xatolik natijasi bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumot olganini aytgan

Eslatib o‘tamiz, kecha, 15 noyabr kuni tushdan keyin Rossiya armiyasi Ukrainaga yirik raketa hujumi uyushtirgan paytda Polsha hududiga ikkita raketa tushdi. Raketalar Ukraina bilan chegaradan besh kilometr uzoqlikda joylashgan Lyublin voyevodaligi (Polshadagi eng yirik ma’muriy birlik)ning Pshevoduv qishlog‘i hududiga tushgan. Hodisa oqibatida portlash yuz bergan, ikki kishi qurbon bo‘lgan.  

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov CNN telekanaliga Polshadagi voqea haqida hech qanday ma’lumotga ega emasligini aytdi. Rossiya Mudofaa vazirligi esa Polsha ommaviy axborot vositalari va rasmiylarining Rossiya raketalarining Pshevoduv aholi punkti hududida qulashi haqidagi bayonotlarini "vaziyatni keskinlashtirish uchun ataylab qilingan provokatsiya" deb atadi.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3012 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ma’lum, Polsha, Kim, bo‘ldi, otgani, tushgan, raketani
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное