Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Jalolovning ustozi qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev boks professori unvonini olganidan so‘ng qancha maosh olishini aytdi. Bu haqda Sports.kz sayti xabar berdi.

Gap shundaki, O‘zbekistonlik murabbiyning professor unvonini olishi qo‘shni Qozog‘iston OAVning ham e’tiborini tortdi. Qilichevdan intervyu olgan qozoq sayti murabbiyning maoshiga ham qiziqdi.

"Endi maoshim sezilarli darajada oshadi. Aniqrog‘i, professor unvoni uchun 2 ming dollar qo‘shiladi. Bizning pulimiz bilan – 20 million so‘m. Shunda maoshim qo‘shimcha to‘lovlar evaziga 3 ming, maksimum 4 ming dollarni tashkil qiladi. Bizda tizim bor – shogirdlaring yaxshi natija qayd etsa, Olimpiya qo‘mitasidan ko‘proq mukofot puli olish mumkin", deydi Qilichev.

Ma’lumot uchun, Qilichev Isroil Madrimov Murodjon Ahmadaliyev, Bahodir Jalolov, Elnur Abduraimov, Qudratillo Abduqahhorov, Sanjar Tursunov va boshqa ko‘plab mashhur sportchilarga ustozlik qilgan.


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 2304 | Рейтинг: 0| Рейтинг: bo‘ldi, qancha, ustozi, maosh, olishi, ma’lum, Jalolov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное