Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda yanvar—noyabr oylarida qancha egizak chaqaloq tug‘ilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 2021-yilning yanvar—noyabr oylarida 16 ming 822 ta egizak chaqaloq tug‘ilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 376 taga ko‘paygan. Hududlar kesimida tug‘ilgan egizak chaqaloqlar soni quyidagicha:

  • Samarqand — 2154 ta;
  • Andijon — 1797 ta;
  • Qashqadaryo — 1716 ta;
  • Namangan — 1468 ta;
  • Toshkent — 1405 ta;
  • Surxondaryo — 1370 ta;
  • Farg‘ona — 1240 ta;
  • Toshkent shahri — 1229 ta;
  • Buxoro — 932 ta;
  • Xorazm — 874 ta;
  • Qoraqalpog‘iston — 785 ta;
  • Jizzax — 769 ta;
  • Navoiy — 584 ta;
  • Sirdaryo — 499 ta.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 832,4 ming tug‘ilish qayd etilgan. Noyabr oyining o‘zida esa respublikada jami 79213 ta chaqaloq tug‘ilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 10 yil davomida uch nafar egizaklar tug‘ilishi 4 baravarga ko‘paydi. 2021-yilning birinchi yarmida egizaklar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchi bo‘lgan.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1019 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yanvar, O‘zbekistonda, qancha, qilindi, noyabr, chaqaloq, oylarida, tug‘ilgani, ma’lum, egizak
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное