Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Pazanda - Soundtrack
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. TisMarHan-soundtreck
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

O‘zbekistonda xorijiy valyutalarni ayirboshlovchi bankomatlar yanvar oxirigacha ish boshlaydi

Yagona respublika protsessing markazi (Uzcard) 2022-yil yanvar oyi oxirigacha bankomatlarida 50 va 100 dollarlik banknotlarni qabul qilish funksiyasini tiklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya va Markaziy bank matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oxirida ba’zi banklar kompaniyaga bankomatlar tarmog‘ida 100 va 50 dollarlik soxta pullarni qayta ishlashning alohida holatlari haqida xabar bergani sababli valyuta bankomatlarida ayirboshlash funksiyasini to‘xtatgan edi.

Yagona respublika protsessing markazi aniqlangan muammolardan so‘ng “tegishli bankomat dasturiy ta’minotini yangilash uchun sotuvchilar bilan o‘zaro hamkorlik jarayonini va taqdim etilgan namunalarni sinovdan o‘tkazishni boshlagan”.

“Kompaniya 2022-yil yanvar oyi oxiriga qadar ishlarni to‘liq yakunlash va banknotlarni qabul qilish funksiyasini qayta tiklashni rejalashtirmoqda”, — deyiladi kompaniya xabarida.

Kompaniya, shuningdek, qalbaki pullar qanday aniqlanganini ham ma’lum qilgan.

“Bankomatlarda qabul qilingan va chiqarilgan pul uchun bo‘limlar bir-biridan mustaqil bo‘lib, mijozlar tomonidan qo‘yilgan banknotlar inkassatsiyaga qadar bankomatda qoladi. Keyin ular bankka boradi, u yerda qalbaki banknotlar aniqlanadi. Shuning uchun bu masala butunlay banklarning vakolatiga kiradi. Biz faqat alohida holatlar bo‘yicha so‘rovlar oldik, ammo bu xizmatni to‘xtatib turish va muammoni hal qilishni boshlash uchun yetarli edi”, — deya qayd etdi Yagona respublika protsessing markazi.

Uzcard bankomatlar uchun dasturiy ta’minot sotuvchilari “Uskunaning qo‘shimcha xavfsizligini ta’minlash uchun barcha kerakli o‘zgartirishlar kiritildi”, — deya ta’kidlagan.

1-sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 12 814 ta bankomat va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish infokiosklari o‘rnatilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2019-yil avgust oyida ko‘p yillardan beri birinchi marta chet el valyutasini naqd ko‘rinishda sotib olishga ruxsat berildi. Bunga qadar odamlar dollarni faqat xalqaro bank plastik kartalari orqali (Visa, MasterCard va boshqalar) sotib olishlari mumkin edi.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 976 | Рейтинг: 0| Рейтинг: oxirigacha, valyutalarni, ayirboshlovchi, bankomatlar, O‘zbekistonda, boshlaydi, yanvar, xorijiy, ish
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:07
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное