Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Bahrom Nazarov: boshqa bunday ishni qilmayman

Bugun poytaxtimizda joylashgan  nufuzli mehmonxonalardan birida xonanda Bahrom Nazarovning yurtimiz bo‘ylab o‘tkazgan “Unutilmas kunlar” deb nomlangan gastrol safari hamda 10-11 noyabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida o‘tkaziladigan “Shukrona” nomli konsert dasturiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Ommaviy Axborot Vakillari, konsert tashkilotchilari ishtirok etishdi.
Mazkur dastur Bahrom Nazarovning  ilk yakkaxon konserti bo‘lib, unda asosan xonandaning yillar davomida o‘ylab yurgan va o‘z boshidan kechirgan orzu armonlari, quvonch hasratlarining ma’lum bir qismi ham sahnaga olib chiqiladi.
Anjuman boshida Bahrom Nazarov konsert dasturi haqida to‘xtalib o‘tdi. Ana undan so‘ng tashrif buyurgan Ommaviy Axborot Vakillari bilan qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi. Jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga xonanda batafsil javob berib o‘tdi. Matbuot anjumanini Feruzabonu Abdurahmonova olib bordi.
10-11 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan dastur “Mo‘jiza Media” tomonidan amalga oshirilmoqda. Konsert rejissyorligi aktyor va boshlovchi Farhod Badalovga topshirilgan. Sahna bezaklari bilan san’at arbobi Sergey Chernov shug‘ullanmoqda. Mazkur bezaklarda an’anaviylik va zamonaviylik uyg‘unlashgan bo‘lib, eng avvalo undan qo‘shiqlar ifori sezilib turishi ko‘zlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, konsert dasturini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimlari, taniqli boshlovchilar olib borishadi. Hozircha qaysi boshlovchilar ekani oshkor qilinmadi.  Kutilayotgan dasturdan 23 ta qo‘shiq joy olgan va deyarli har bir kompozisiya uchun alohida raqs, sahna ko‘rinishlari tayyorlanmoqda.
Matbuot anjumani davomida jurnalistlarning har bir savoliga ochiq oydin javob bergan xonanda jonli ijroda qo‘shiq ham hirgoyi qilib berdi. Shuningdek, ko‘plab tanqidga uchragan “Pari pari” qo‘shig‘i va shu tarona atrofidagi savollarga aniq javob berdi. “Boshqa bunday ishni qilmayman” deya barchaga so‘z berdi. Qolaversa, ustozi Ozodbek Nazarbekovning “Lola” qo‘shig‘i aslida kimga tegishli degan savolga ham aniqlik kiritib o‘tdi.
Biz Bahrom Nazarovning ilk yakkaxon konsert dasturiga omad tilab qolamiz. Tez kunda tayyorgarlik jarayonidan ham saytimiz orqali guvohi bo‘lishingiz mumkin. Hozircha kuzatishda davom etamiz.


Manba:popcorn.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 10960 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: boshqa, ish, qilmayman, bunday, Bahrom Nazarov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Dilso'z пишет: | 07.10.2015 | 15:42 #1 Страница с комментарием
omina1710 B.Nazarovga omad. Bundanda balandroq darajaga yetishsin,
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:13
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное