Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Ko‘p ishlagan, ko‘p ichadi

Olimlarning tasdiqlashicha, har bir ortiqcha ish soati ichish ehtimolini yanada orttirar ekan.

Boshqalarga qaraganda ko‘p mehnat qiladigan odamlarning alkogolik bo‘lish ehtimoli ko‘proq ekan. Bunday ajoyib xulosaga barcha adabiyotlarni o‘rganib chiqqan fin olimlari kelishdi.

Xelsinkidagi Finlandiya mehnat gigienasi instituti doktori Marianna Virtanen boshchiligidagi olimlar tomonidan kimki vaqtining ko‘p qismini ish joyida o‘tkazsa, o‘sha odamda spirtli ichimliklarni tibbiyotda belgilangan midqordan ko‘proq iste’mol qilishi tasdiqlandi.

Ular o‘z tadqiqotlari natijalari to‘g‘risida British Medical Journal  jurnalining so‘nggi sonida e’lon qilishdi.

Ko‘p ishlaydigan odamlarning ko‘p ichishi haqidagi fikrni biirnchi bo‘lib Doktor Virtanen guruhi aytdi deyish noto‘g‘ri bo‘ladi, ammo ularga hurmat saqlagan holda velosiped ixtiro qilishmaganini, balki birinchi bo‘lib yig‘ishganini aytish mumkin.  

14 mamlakatning 313 693 fuqarosi ishtirokidagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ularning 11 foizi ish ko‘pligida ortiqcha ichimlik qabul qilishadi.

Shuningdek, 9 mamlakatning 100 602 fuqarosi qatnashgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, haftasiga 35-40 soat ishlaydigan odamlar 49-54 soat ishlaydiganlarga qaraganda 13 foiz kamroq spirtli ichimliklarga qaram bo‘lishadi.


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 5397 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ishchi, aroq, ichkilik, alkash, ish
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
guli101192 Xa tog'ri
Like | 0
Jasiko Bokkaniwa iwila
Like | 0
atrgul Bu juda to'g'ri
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное