Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Jumong-soundtreck
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Osiyo-Soundtreck
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Murod Xonto‘rayev o‘limi yuzasidan ochilgan jinoiy ish tugatildi

O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Murod Xonto‘rayev BMW X5 avtomobilida avtohalokatga uchrab, vafot etgani yuzasidan ochilgan jinoiy ish tugatildi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent viloyati IIBB Tergov boshqarmasi ma’lum qildi.Ma’lumot uchun, 2021-yilning 19-iyul sanasida Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tuvchi 4R-12 avtomobil yo‘lining 68-kilometrida bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan Lacetti hamda BMW X5 rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida BMW X5 rusumli avtomobil yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilgan.

BMW X5 mashinasi ichida O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Murod Xonto‘rayev bo‘lgan. MMA jangchisi voqea joyida vafot etgan. Keyinchalik ushbu YTH yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov boshqarmasining ma’lum qilishicha, Murod Xonto‘rayev bilan birga bo‘lgan yoki YTHning boshqa ishtirokchilariga o‘rtacha, o‘g‘ir jarohat yetmagan hamda o‘lim holati kuzatilmagan.

Shu sababli ayblilik masalasi bo‘yicha Murod Xonto‘rayev tomonidan yo‘l harakati qoidalarining 3-, 4-, 73-, 77- hamda 79-bandi buzilgani inobatga olinib, haydovchi Xonto‘rayev mazkur YTHning sodir etilishiga sababchi deb topilgan.

Uning o‘zi vafot etgani tufayli va ishda jinoyat tarkibiy elementlari mavjud bo‘lmagani inobatga olinib, olib borilgan dastlabki tergov yakuniga ko‘ra, Toshkent viloyati IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Murod Xonto‘rayev vafoti yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi 2021-yilning 30-sentabr kuni Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga (ishda jinoyat tarkibiy elementlari mavjud bo‘lmasa, aybsiz deb topish) asosan harakatdan tugatilgan.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2545 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yuzasidan, o‘limi, tugatildi, ish, Jinoiy, ochilgan, Murod Xonto‘rayev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное