Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Xo‘jaylidagi mudhish qotillik yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi


Xo‘jayli tumanidagi mudhish qotillik haqida xabar berib o‘tilgan edi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi holat yuzasidan «KRuz.uz» saytiga rasmiy ma’lumot taqdim etdi.

2019 yil 11 avgustdan 12 avgustga o‘tar kechasi soat 00-20 larda Xo‘jayli tumani, Mustaqillik OFY hududida yashovchi fuqaro A.Q., turmush o‘rtog‘i M.Q. bilan uyida o‘zaro oilaviy janjallashib qolib, rashk oqibatida, qasddan o‘ldirish maqsadida turmush o‘rtog‘i M.Q. uxlash uchun yotoqxonasiga kirib, uyquga ketgan vaqtda, yotoqxonaga kirib, oshxona pichog‘i bilan uning ko‘krak qafasiga va tanasining boshqa joylariga bir necha marta qasddan urgan.

Olgan tan jarohatlari natijasida fuqaro M.Q. Xo‘jayli tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan. Hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida oshxona pichog‘i ashyoviy dalil tariqasida olinib, marhuma M.Q.ning o‘limi sabablarini aniqlash bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

Mazkur holat yuzasidan shu yilning 12 avgust kuni Xo‘jayli tumani prokuraturasi tomonidan fuqaro A.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida ushlandi.

Jinoyat ishining tergovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan, deyiladi rasmiy axborotda.



Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3675 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yuzasidan, mudhish qotillik, Xo‘jayli, rasmiy ma’lumot berildi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:29
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное