Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan Qozog‘istondagi holat yuzasidan fikr almashdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 10-yanvar kuni telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning joriy masalalari va bo‘lajak qo‘shma tadbirlar yuzasidan fikr almashdilar.

Prezident To‘qayev Qozog‘istondagi joriy holat hamda mamlakatda vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha hukumat tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

O‘zbekiston yetakchisi halok bo‘lganlarning oilalariga yana bir bor hamdardlik bildirib, jabrlanganlar tezda shifo topishlarini tiladi.

Tomonlar birodar Qozog‘iston zaminida tinchlik va barqarorlik tez fursatda qayta tiklanishiga ishonch bildirdi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston xalqi va prezidentiga ta’ziya yo‘llagandi.

 

 



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 1366 | Рейтинг: 0| Рейтинг: To‘qayev, Shavkat Mirziyoyev, bilan, almashdi, holat, fikr, Qosim-Jo‘mart, Qozog‘istondagi, yuzasidan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное