Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Farg‘onada o‘g‘rilar onani 10 yoshli bolasi bilan pichoqlab ketishdi

Farg‘ona viloyatining Log‘on qishlog‘ida sodir etilgan qotillik mahalliy aholini karaxt qilib qo‘ydi. Sud ocherki “Huquq” muxbiri tomonidan e’lon qilindi.
Aytilishicha, jabrdiyda oila 5 kishidan iborat bo‘lgan. Oilaning boshlig‘i A. Mirzaliev jinoyatdan ikki hafta muqaddam mavsumiy daromad uchun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga ketgan.
Uyda uning rafiqasi Mukarramxon, farzandlari Shohruh, Azizbek va Gulnihollar qolgan.
Bir kuni ularning qishloqdoshlari, 23 yoshli Farhod Xolbekov va Abdurashid Ismoilov, shuningdek, 19 yoshli Ahliddin Abdulhatovlar oila boshlig‘i yo‘qligidan foydalanib, talonchilik sodir etishga kelishib olishgan.
Oilaning katta farzandi Shohruh dalaga ketganidan foydalanib Farhod qo‘shnisidan xabar olgan bo‘lib ularning uyiga kirib borgan va Mukarramxonni gapga tutib turgan. Bu payti hovliga uning sheriklari kirib olgan. Shunda Farhod Mukarramxonni bo‘g‘ib, hushidan ketkizgan. Oradan biroz vaqt o‘tib, ayolning tirikligini ko‘rgan qotil uning bo‘yniga ikki-uch marta pichoq sanchib olgan.
Voqeaga guvoh bo‘lgan 10 yoshli Azizbek ham chavaqlab tashlangan. Mitti Gulnihol mo‘’jiza tufayli qotillarning e’tiboridan chetda qolib ketgan. Ular bir seyfni ko‘tarib uylariga yo‘l olishgan. Daladan qaytib kelib, uyidagi ahvoldan dahshatga tushgan Shohruh tezda qo‘ni-qo‘shnilarni oyoqqa ko‘targan.
Singlisining uzuq-yuluq gaplaridan sodir bo‘lgan ishlarni tushunib, milisiyaga murojaat qilgan. Qotillar shu kechaning o‘zida qo‘lga olingan.
Arzimagan pul deb ikki begunoh insonning joniga zomin bo‘lgan uch yosh yigit uzoq muddatga qamalib ketdi.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 9873 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: pichoqlab ketishdi, bilan, Bola, 10 yosh, Farg‘ona, o‘g‘rilar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Doston90 essizzzz xudo asrasin
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное