Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Nahotki?! Koronavirusni aroq shimdirilgan doka yordamida yengish mumkinligini da’vo qilishmoqda!

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusni eng sodda usulda davolash mumkinligi to‘g‘risida video va audio tarqalmoqda. Unda aytilishicha, bir kishi qimmat ukol-dorilar kor qilmagach, to‘rt-besh qavat buklangan dokani aroqqa botirib, niqob sifatida taqish orqali o‘zini-o‘zi davolay boshlagan. Kuniga to‘rt-besh marta shu usulni qo‘llagach, nafas olishi ancha yengillashib, o‘zini yaxshi his qila boshlaganini aytgan kishi boshqalarga ham shu usulni taklif qilmoqda.

Xo‘sh, bu usul koronavirusga chalingan bemorlarga qay darajada foyda beradi? Dardiga chora istab turganlar shoshma-shosharlik bilan bu odamning aytganlariga amal qilsa, yomon oqibatlarga olib kelmaydimi? Sog‘liqni saqlash vazirligidagilar bu haqda nima deydi? Uyda davolanishga urinayotgan bemorlar ko‘pligini hisobga olib, mutaxassislar tezroq bu videoga munosabat bildirsalar yaxshi bo‘lardi.


Manba:hordiq.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2190 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Koronavirus, spirt, doka, aroq
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:31
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное