Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

SSV: Jizzaxda koronavirus tarqalgani haqidagi xabarlar asossiz


Sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida koronavirus infeksiyasi tarqalganligi, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filialida bemor mazkur kasallikdan vafot etganligi hamda bir guruh bemorlarning ushbu virus alomatlari bilan davolanayotganligi haqidagi xabarlar mutlaqo asossiz ekanini ma’lum qiladi.

Xitoydagi vaziyatni inobatga olgan holda joriy yil yanvar oyidan boshlab, respublika chegara bojxonalaridan o‘tgan fuqarolar sanitariya nazorat punktlari orqali tibbiy nazorat kuchaytirilgan holda o‘tkazilmoqda. Viloyat davolash profilaktika muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan shifokorlarning koronavirus, gripp va o‘tkir respirator kasalliklar bo‘yicha xushyorligi oshirilgan. Gripp va o‘tkir respirator virusli kasalliklarga chalingan bemorlarning Xitoy hududida bo‘lganligi to‘g‘risida surishtiruvlar amalga oshirilib, ularda kasalliklar aniqlanganda tezkor ravishda yotqizish uchun viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida maxsus o‘rinlar tashkil etilgan. Ayni paytda ushbu kasallikka gumon qilingan bemorlar aniqlanmagan.

Shuni ta’kidlashimiz zarurki, yurtimiz hududiga koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish borasida sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Aeroport, vokzal va avtomobil chegara bojxona postlarida mavjud sanitariya nazorat postlari kuchaytirilgan rejimda faoliyat ko‘rsatmoqda. Tibbiyot muassasalarida ushbu kasalliklarni barvaqt aniqlash, ularni alohidalab davolash uchun barcha sharoitlar mavjud.

Shuningdek, viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan mavsum jarayonida shahar va tuman davolash profilaktika muassasalariga gripp va o‘tkir respirator virusli kasalliklarga chalingan bemorlar to‘g‘risida ma’lumotlar olinib, tahlil etib borilmoqda. Aholi o‘rtasida mavsumiy yuqumli kasallikka chalinganlarning barchasi nazoratga olingan va tegishli davo choralari amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda viloyat aholisining xotirjamligini ta’minlash uchun tegishli sanitariya targ‘ibot va tushuntirish ishlari ham amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda Jizzax viloyatida koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemik vaziyat barqaror bo‘lib, aholining xavotir olishiga hech qanday sabab yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus infeksiyasi va u bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining (71) 276-46-65, (71) 276-49-66 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

 



Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3674 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Koronavirus, Jizzax
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное