Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. TisMarHan-soundtreck
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Qirolicha - Soundterck
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Jizzaxda bolalariga axlat yedirgan o‘gay onaning qilmishlari fosh bo‘ldi


Jizzax viloyati Baxmal tumanida yashovchi G‘. N. turmush o‘rtog‘i vafot etgan A.J. bilan oila qurayotganda bo‘lajak erining to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandi borligini bilgan va unga g‘amxo‘rlik qilish va’dasini bergan edi. Ammo u nafaqat bu va’dasidan qaytdi, balki yetim bolalarni turli qiynoqlarga solib, azob-uqubatlar yetkazdi. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha G‘allaorol tuman sudi vakillari «Xabar.uz»ga xabar qildi.

Avvaliga o‘zini binoyidek tutgan N.G‘.ning oradan ko‘p o‘tmay «qilig‘i» chiqa boshladi. Arzigan-arzimagan sabablarni ro‘kach qilib, bolalarga turli yo‘llar, har xil bahonalar bilan tazyiq o‘tkaza boshlagan.

Bolalarning eng kattasi — o‘n uch yoshli Nigina va sakkiz yoshli Maftunaga nisbatan zulmlar barchasidan oshib tushardi — qizaloqlar tayoq zarbidan doimiy ravishda jarohat bilan yurar, haqoratu kamsitilishlar esa ularning ruhiy holatini izdan chiqarayozgan edi. «Birovga aytsang, o‘zingdan ko‘r», degan tahdid ularni hech kimga miq etmay, taqdirda tan berib yashashga majbur etardi.

Azoblar kundan-kun kuchaysa kuchaydiki, aslo kamaymadi. Hattoki, norasidalarning biri azoblarning daxshatidan qochib qo‘shnining og‘ilxonasida tunashga majbur bo‘ldi. Pichoq suyakka borib yetgandan keyingina Nigina va Maftuna oiladagi o‘ta mudhish voqealar to‘g‘risida tog‘alariga xabar berishga majbur bo‘ldi.

Olib borilgan tergov jarayonlarida shavqatsiz o‘gay ona bolalarni ovqat o‘rniga mollarga beriladigan qora yem va... o‘z axlatlarini yeyishga majburlangani ma’lum bo‘ldi. Hayhot!.. Buni nima deb ta’riflashni ham bilmaysan kishi...

Ushbu jinoiy ishini jinoyat ishlari bo‘yicha G‘allaorol tuman sudi tomonidan jabrlanuvchilarning qonuniy vakili M.Umarov ishtirokida sud majlisida atroflicha ko‘rib chiqildi. Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor deb topilgan N.G‘.ga nisbatan 3 yilu 1 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 7739 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Jizzax, yedirgan, fosh bo‘ldi, axlat, qilmishlar, o‘gay ona, Bolalar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
slada Bundaylarga qamoq kam vijdonsiz
Like | 0
sagdi_07 Umrbodga qamash kk bunaqa odamlarni✋✋
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное