Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Pazanda - Sad Love
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Koronavirus: Qozog‘iston Xitoy uchun 72 soatli vizasiz tartibni bekor qildi


Qozog‘iston hukumati Xitoyda avj olayotgan koronavirusning mamlakat hududiga kirib kelishining oldini olish maqsadida 10 ta banddan iborat qat’iy choralarni belgiladi, deya yozmoqda «Platforma.uz».

Ular quyidagilardan iborat:

1. Davlat chegarasidagi o‘tish punktlarida, shu jumladan, havo, avtomobil va temir yo‘l transporti ob’ektlarida sanitariya-epidemiologiya va migratsiya nazorati kuchaytirildi.

2. Xitoydan qaytgan barcha qozog‘istonliklarga tibbiy nazorat o‘rnatildi.

3. Epidemiologik vaziyat yomonlashganda tibbiy muassasalarning aholiga zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligi oshirildi.

4. Xitoyga xizmat safarlarini cheklash, shuningdek, xususiy biznes yoki sayyohlik maqsadlarini rad etish belgilandi.

5. Qozog‘istonga tranzit yo‘li bilan boruvchi xitoyliklarning 72 soatlik vizasiz tartibi to‘xtatildi.

6. «Xorgos»ning qozoq qismi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

7. Xitoyda qolib ketgan qozog‘istonlik fuqarolar bilan konsullik va boshqa yordam ko‘rsatish ishlari kuchaytirildi.

8. Koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish maqsadida davlat organlari XXRning tegishli davlat organlari va boshqa manfaatdor mamlakatlar bilan zarur o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘ydi.

9. Agar kerak bo‘lsa, Xitoyning Uxan shahrida tahsil olayotgan qozog‘istonlik talabalarni va boshqa Qozog‘iston Respublikasi fuqarolarini evakuatsiya qilishni ta’minlash.

10. Qozog‘istonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tayyorlash vazifasi Bosh vazir o‘rinbosari B. Saparbaev boshchiligidagi idoralararo komissiyaga topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning sentabr oyida O‘zbekiston ham Xitoy fuqarolari 7 kungacha vizasiz rejim joriy etgandi.



Manba:xabar.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3629 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Xitoy, Qozog‘iston, Koronavirus, viza
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:18
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное