Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni 72 ming kishidan oshib ketdi


Xitoyda yangi turdagi COVID-19 koronavirusini yuqtirib olganlar soni 72 ming kishidan oshib ketdi. Virus oqibatida vafot etganlar soni esa 1868 kishiga yetdi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi xabar berdi.

So‘nggi bir sutka davomida mamlakat hududida yana 1886 odam virusni yuqtirib olgani aniqlangan, ularning aksariyati Xubey provinsiyasida. 17-fevral kunining o‘zida 98 kishi virus oqibatida vafot etgan.

Shu bilan birga o‘tgan sutka davomida davolangan 1701 kishiga shifoxonadan javob berilgan, tekshiruvlardan o‘tgan 27 908 kishidan virus aniqlanmagan.

Jami 12 552 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan, butun mamlakat bo‘ylab tekshiruvlardan o‘tganlar soni 561 ming kishiga yetgan.

Avvalroq Xubey provinsiyasida koronavirus sabab o‘layotganlar soni kamaya boshlagani ma’lum qilingan edi. Shuningdek, Xitoyda koronavirusga qarshi kurashda “hal qiluvchi palla” kelgani, koronavirus bilan kasallangan, biroq xastaligini qasddan yashirgan yoki safarlari tarixini oshkor qilmagan fuqarolarga nisbatan jinoiy javobgarlik joriy etilishi mumkinligi xabar berilgan.

Xitoydagi yirik farmatsevtika kompaniyalaridan biri Zhejiang Hisun Pharmaceutical hukumatdan COVID-19 koronavirusiga qarshi “Favipiravir” potensial dori vositasini sotishni boshlash bo‘yicha ruxsat oldi.



Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 4012 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Xitoy, Koronavirus
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Asadbek пишет: | 20.02.2020 | 15:57 ( E-mail ) #1 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Haromi hutoyliklar bu kuningdan batar bolish
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное