Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Xitoyda koronavirus yuqtirgan bemorlarga robotlar xizmat ko'rsatmoqda…


Xitoyning Guanchjou viloyatiga qarashli kasalxonalardan birida ikkita sun'iy intellektga ega robot koronavirus yuqtirgan bemorlarga xizmat ko'rsata boshladi. Robotlar rasman 29 yanvar kuni ish boshlagan. Ular bemorga dorilarni, ovqatni o'z vaqtida yetkazib bermoqda. Bundan tashqari, bemorning karavotidagi eskirgan choyshablarni yangisiga almashtirishda ham asqotmoqda. Mutasaddilarning aytishicha, shunday qilinsa, birinchidan, tibbiyot xodimlarining jismoniy zo'riqishi kamayadi, ikkinchidan, ularning virus yuqtirish xavfi deyarli yo'qqa chiqadi.

— Bu robotlar eshiklarni mustaqil ocha oladi, — deydi kasalxona vrachlaridan biri. — Liftda o'zi mustaqil harakatlanadi. Har qanday to'siqlardan o'zini olib qocha biladi. Asosiysi, tez harakatlanadi. Yana robotlar bemorning tibbiy kartasini o'qiydi, ma'lumotlar bazasini tuza biladi.

Ma'lumot o'rnida aytib o'tamiz, Xitoyda hozirga qadar koronavirus tufayli 260 kishi halok bo'ldi. 253 kishi to'liq davolanishga erishdi. Ammo achinarlisi, virus yuqtirganlar soni ortishdan to'xtamayapti.



Manba:Hordiq.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2657 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Xitoy, Koronavirus
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное