Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Ayol Qalbi - True Love
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Qaqnus - Soundteck (korea)
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Xitoy koronavirusga davo topilganini ma’lum qildi


Xitoyning yetakchi epidemiologi Li Lanszyuan boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi (2019-nCoV) koronavirusga qarshi kurashda yutuqqa erishganini e’lon qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Lining so‘zlariga ko‘ra, laboratoriya tajribalarida abidol va darunavirning (OITSni davolash va oldini olish uchun ishlatiladigan antiretrovirus dori) aralashmasi virus samarali to‘xtatishga qodir. Shuningdek, mazkur dori vositalaridan Chjeszyan provinsiyasida koronavirusni yuqtirib olgan bemorlarni ham davolashda qo‘llanilgan.

Epidemiologning ta’kidlashicha, hozirda virusga qarshi qo‘llanilayotgan OIV (Odamning immunitet tanqisligi virusi) qarshi dorilari kutilganidek samarali emas va uning salbiy asoratlari bor. Li Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasiga topilgan dorilarning kombinatsiyasidan foydalanishni tavsiya qiladi.

Shuningdek, olimning qayd etishicha, koronavirusga qarshi dorilardan faqatgina shifokor ko‘rsatmasiga bo‘yicha foydalanish mumkin.

Avvalroq JSST 2019-nCoV virusiga qarshi ta’sir ko‘rsata oladigan dori vositalari hozircha mavjud emasligi, lekin kasallikka chalinganlarning ko‘p qismi undan vafot etmay, ular muolajalar yordamida shifo topayotganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, koronavirus infeksiya qo‘zg‘atuvchining genlarini o‘rgangan xitoylik virusologlar uning 2003-yilda butun dunyoga tarqalgan SARS atipik pnevmoniyasining “yaqin qarindoshi” degan xulosaga kelgandi.



Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 13616 | Комментарии: 4 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Xitoy, Koronavirus
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 4
Sher Rashidov пишет: | 06.02.2020 | 20:44 ( E-mail ) #4 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Koronavirus daxshatli narsa emas yuqtirgandan song ham ozodalikkka rioya etilsa davolanar ekan l. Alohida dori darmonlar shart emas
Like | 0
Shuhratjon пишет: | 06.02.2020 | 14:49 ( E-mail ) #3 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Salom
Like | 0
javohir sadullayev пишет: | 06.02.2020 | 13:57 ( E-mail ) #2 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует R
Like | 0
Elyorbek пишет: | 06.02.2020 | 13:56 ( E-mail ) #1 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Bo'Larkanu malades .bosing professor ortingizda ozim Turaman
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное