Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Xitoyda koronavirusga barham berish muddati ma’lum qilindi


Xitoy koronavirusni yenga oladi, bu haqda XXRning Rossiyadagi elchisi Chjan Xanxuey RF Davlat dumasi vise-spikeri Ivan Melnikov bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deyiladi «Argumenti.ru» xabarida.

Elchining aytishicha, Pekin mart oyi davomida koronavirusni butunlay yengishi mumkin: «Xubeyni istisno qilganda, boshqa hududlarda kasallikni mart oyi davomida yenga olamiz, epidemiya markazida (Xubey provinsiyasi nazarda tutilyapti — tahr.) esa — undan keyingi oyda», — dedi Chjan Xanxuey.

Xitoyda bugunga kelib kasallikdan tuzalgan 18 ming kishi kasalxonadan chiqqan, aksariyat hududlarda oxirgi 10 kun davomida koronavirusni yuqtirish bo‘yicha bironta holat aniqlanmagan. Kasallanganlar soni Uxan shahrida kamayib boryapti, degan elchi.

Diplomat shuni ham qo‘shimcha qildiki, koronavirusning yangi turidan o‘lim holati hozir uncha yuqori emas: «Xubeyda — 2 foizdan sal yuqoriroq, mamlakat bo‘yicha — 0,55 foiz atrofida. Biz vaziyatni jilovlay olamiz», — dedi u.



Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 11168 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Xitoy, Koronavirus
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное