Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Xitoy koronavirus bilan kasallangan og‘ir ahvoldagi bemorlar soni ikki baravar kamayganini xabar qildi


Xitoy Xalq Respublikasi sog‘liqni saqlash komissiyasi vakili Mi Fen yangi COVID-19 koronavirusi tarqalishining oldini olish yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar samara bera boshlaganini bildirgan, deb yozmoqda “RBK”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, infeksiya o‘chog‘iga aylanagan Xubey provinsiyasida tibbiy yordam va profilaktika tadbirlarining kengaytirilgan hajmda amalga oshirilishi kasallikning ko‘pchilik bemorlarda o‘ta og‘ir bosqichga yetib borishining oldini olgan. Fen bir necha hafta ichida Xitoyda koronavirusga chalingan og‘ir ahvoldagi bemorlar mamlakatdagi umumiy kasallar soni ulushida 16 foizdan 7,2 foizgacha kamaygan.

16-fevral holatiga ko‘ra, Xubeyda koronavirus qurbonlari soni 1,6 ming kishiga yaqinlashgan, so‘nggi bir sutka ichida Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 142 kishiga ko‘paygan, yana 1323 kishi esa kasallikni yuqtirib olgan. Xitoyda 68 500 holatda koronavirus bilan xastalanish qayd etilgan. Jahon bo‘yicha 69 mingdan ortiq inson virus bilan zararlangan. Mamlakat milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi rasmiy vakili Lyan Vannyan koronavirusga qarshi kurashda “hal qiluvchi palla” kelganini ma’lum qilgan. Keyinchalik XXRda koronavirus bilan kasallangan, biroq xastaligini qasddan yashirgan yoki safarlari tarixini oshkor qilmagan fuqarolarga nisbatan jinoiy javobgarlik joriy etilishi mumkinligi haqida xabar berilgan. Xitoy rahbari Si Szinpin koronavirus epidemiyasi boshlanganidan beri qanday choralar ko‘rgani haqida hisobot berib, koronavirusga qarshi kurash yanvar oyida boshlanganini bildirgan.



Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2583 | Рейтинг: 0| Рейтинг: bemorlar, og‘ir ahvoldagi, Koronavirus, bilan, kasallangan, Xitoy
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное