Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Ishq Jodusi - All I want
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Zerda - Soundtreck
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Qish Sanatasi - Soundtreck
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Koronavirus bilan kasallanganlar soni 6 ming kishidan oshib ketdi


Xitoyda koronavirusni yuqtirib olganlar soni 5974 kishiga yetdi, vafot etganlar soni esa 132 kishini tashkil etmoqda, deb xabar beradi «Kommersant'».

Boshqa mamlakatlarda ham virusni yuqtirib olgan fuqarolar bilan hisoblanganda jabrlanuvchilar soni 6 052 kishiga yetgan. Mahalliy hukumat vakillarining ma'lum qilishicha, vafot etganlarning aksariyati 60 va undan katta yoshdagilar.

South China Morning nashrining ta'kidlashicha, yangi koronavirus bilan kasallanganlar soni 2002—2003 yillarda Xitoyda pnevmoniya bilan kasallanganlar sonidan ko'p. Butunjahon sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, o'shanda 5 327 kishida ushbu kasallik aniqlangan, 349 kishi vafot etgan.

Xalqaro sog'liqni saqlash tashkiloti rahbari Adxan Gebreyesus Pekinda Xitoy raisi Si Szinpin bilan kasallikdan himoyalanish yo'llarini muhokama qildi. U xalqaro ekspertlarni Xitoyga yuborishini ma'lum qilgan.

Ma'lumot uchun, Xubeydagi Uxan shahri koronavirus o'chog'i hisoblanadi. Bundan tashqari, yana o'ndan ortiq mamlakatda, xususan, Germaniyada ham xuddi shu virus bilan kasallanish holatlari aniqlangan. Shahri meri Chjou Syanvan mahalliy aholi oldida o'z aybiga iqror ekanligi belgisi sifatida iste'foga chiqishni rejalashtirmoqda.

Epidemiya sabab Xitoydagi umumiy aholisi 57 million kishiga teng 15 ta shahar to'liq yoki qisman yopilgan. Xitoy rahbari Si Szinpin vaziyatni murakkab deb atagan.

AQSh va Yaponiya Uxandan o'z fuqarolarini olib chiqib ketishni rejalashtirayotgani ma'lum qilindi. O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi esa Xitoy hozirda chet el fuqarolarini Uxandan evakuatsiya qilish masalasini ko'rib chiqmayotgani haqida xabar berdi.



Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3222 | Рейтинг: 0| Рейтинг: 6 ming, soni, bilan, kasallanganlar, Koronavirus, kishidan oshib ketdi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное