Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Xitoy milliarderlar soni bo‘yicha rekord urdi

Xitoylik milliarderlar soni rekord darajada ko‘paydi – Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, 2014 yilning oktyabrida ularning soni 242 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi vaqtga kelib 400 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Nur.kz xabar bermoqda.
Xitoy fond bozorlari 2014 yil oktyabridan beri shiddat bilan o‘sdi va so‘nggi yetti yildagi eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etdi. Bundan tashqari, 2014 yilda Xitoyning axborot va yuksak texnologiyalar sohasidagi kompaniyalari o‘z aksiyalarini muvaffaqiyatli tarzda bozorga chiqarib (IPO), Forbes’dagi xitoylik milliarderlar soni sezilarli ko‘payishiga hissa qo‘shdi.
Masalan, ro‘yxatda birinchi o‘rinni quyosh enegiyasi sohasida jahonning eng katta korxonasi hisoblangan Hanergy Holding kompaniyasi rahbari Li Xedjun egallagan. Ikkinchi o‘rinda esa Dalian Wanda Commercial Properties Co. rahbari Van Szyanlin joy olgan – kompaniya o‘z aksiyalarini birlamchi chiqarish (IPO) ortidan 3,7 milliard dollar miqdoridagi mablag‘ni jalb etishga muvaffaq bo‘ldi.
Kuchli uchlikni Alibaba onlayn-riteyleri asoschisi Jek Ma egallagan. Kompaniyaning 2014 yilgi IPOsi tarixdagi rekord natijani qayd etdi – Alibaba 25 milliard dollar miqdorida mablag‘ni jalb etgan bo‘lsa, Jek Ma ma’lum muddat davomida Xitoyning eng badavlat odami maqomini o‘zida saqlab turdi.
Umuman Xitoy aksiyalar bozoridagi savdolarning faol bosqichi 2014 yilning noyabridan – Xitoy Xalq banki tomonidan monetar siyosat nisbatan yumshatilganidan so‘ng boshlandi. Ushbu o‘sish tez orada ko‘pchilikni qiziqtirib qo‘ydi va xitoyliklar qimmatli qog‘ozlar bozorida savdolarni amalga oshirish uchun ommaviy ravishda brokerlik hisobraqamlarini ochishga kirishishdi.
So‘nggi vaqtlarda e’lon qilingan hisobotlarga ko‘ra, ushbu xususiy investorlarning katta qismi o‘rta ma’lumotga ham ega emas, ularning aksariyati savdoda asosan qarz mablag‘laridan foydalanadi. Xitoy qimmatli qog‘ozlar bozoridagi marjinal savdo hajmi aqlbovar qilmas ko‘rsatkichlarga yetgan.
Manba:daryo.uz


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 4118 | Рейтинг: 0| Рейтинг: soni, bo‘yicha, Xitoy, rekord urdi, milliarder
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное