Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Netflix’ning ko‘rishlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatayotgan yangi koreys seriali yulduzi o‘zbekistonlik bo‘lib chiqdi

Janubiy Koreyada suratga olingan “Biz hammamiz o‘likmiz” seriali hozirgi kunda Netflix striming platformasida eng ko‘p tomosha qilinayotgan serial hisoblanadi. YesAsia nashrining yozishicha, serialdagi bosh rollardan birini ijro etgan aktyor Pak Solomon asli O‘zbekistondan.

“Biz hammamiz o‘likmiz” o‘smirlarning zombi-filmi bo‘lib,  kundan-kunga mashhurlikka erishmoqda. Serialdagi aktyorlar asosan 19—23 yoshlarda. Muxlislar ularning shaxsiy hayotlarini faol kuzatishni boshlab yuborgan, natijada serialning yulduziga aylangan aktyor O‘zbekistondan bo‘lib chiqdi.

Serialda Li Su Xyok rolini ijro etgan Pak Solomon 1999-yilda O‘zbekistonda tug‘ilgan, biroq 5-sinfda o‘qib yurganida Koreyaga ko‘chib ketgan. Hozirda u Lomon taxallusi ostida faoliyat olib boradi.  Ma’lum bo‘lishicha, Pak Solomon yaxshigina aktyorlik tajribasiga ega. U 2014-yilda “Asr kelini” va “4 afsonaviy jodugar” dramalarida debyut qilgan.

Shuningdek, u mashhur koreys va xitoy dramalarida hamda  “Qasos daftari”da Ji Xun rolini ijro etgan.

Aktyor kuzatuvchilarini nafaqat o‘zining iste’dodi, balki qiziqarli kontentlar ulashadigan Instagram sahifasi bilan ham hayratda qoldirdi.

“Biz hammamiz o‘likmiz” serialining sujeti zombiga aylanganidan keyin o‘z yaqinlari bilan kurashishga majbur bo‘lgan talabalar haqida hikoya qiladi. Tirik qolgan o‘quvchilar o‘zlarini himoya qilish uchun har tomonlama harakat qiladi, aks holda ular ham zombi talabalarning bir qismiga aylanadi.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5614 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yulduzi, Netflix’ning, chiqdi, ko‘rishlar, o‘zbekistonlik, soni, yangi, bo‘yicha, Rekord, bo‘lib, koreys, o‘rnatayotgan, seriali
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное