Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Hindistonda COVID-19’ga chalinish bo‘yicha yana jahon rekordi yangilandi. AQSh koronavirusga qarshi kurashda Hindistonga 100 mln dollarlik y

 
Hindistonda o‘tgan bir kecha kunduzda 379 257 kishida koronavirus aniqlanib, 3645 kishi kasallikdan vafot etdi. Bu pandemiya boshlanganidan beri qayd etilgan rekord ko‘rsatkichlardir. Mamlakatda virus yuqtirganlarning umumiy soni 18 376 421 kishiga yetdi.
So‘nggi bir necha kundan buyon mamlakatda COVID-19 bilan kasallanganlar soni bo‘yicha ketma-ket antirekordlar qayd etilmoqda. Mamlakatdagi epidemiologik vaziyat “koronavirus bo‘roni” deb ta’riflandi. Hindiston aholisi  uyida ham tibbiy niqoblarni taqishga chaqirilmoqda.

22-aprelda Hindiston birinchi marta kunlik kasallanish soni bo‘yicha dunyo rekordini o‘rnatdi — 314,8 ming, keyingi kunlarda ushbu ko‘rsatkich bir necha mingga oshib ketdi — 23 (+332,7 ming), 24 (+346,7 ming), 25 ( +349,6 ming), xususan, 26-aprel kuni ham (+352,9 ming). Yangi kasallanganlar sonining biroz pasayishi faqat 27-aprel kuniga to‘g‘ri keldi (+323 ming).

AQSh Hindistonga koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash uchun 100 million dollardan ortiq qiymatdagi yordam yuborishini ma’lum qildi.

“Qo‘shma Shtatlar yaqin kunlarda Hindistonga shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun 100 million dollardan ziyod qiymatdagi mahsulot yetkazib beradi”, — deyiladi AQSh hukumati bayonotida.

Unga ko‘ra, Hindistonga sun’iy nafas oldirish apparatlari, 1100 dona kislorod balloni, 15 millionta N95 himoya niqobi, COVID-19’ni tezkor aniqlash uchun 1 millionta test to‘plami yuborish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Amerika hukumati Hindistonga 20 million dozali koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasini, infeksiyani davolash uchun “Remdesivir” preparatini yetkazib berishni rejalashtirayotganini e’lon qildi.

Oq uy insonparvarlik yordami ortilgan birinchi samolyotlar 29-aprel kuni Hindistonga yetib kelishini va’da qildi.

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Hindistonda tobora ortib borayotgan koronavirusga chalinish holatlariga qarshi kurashda yordam uchun mamlakatga 2,6 mingdan ortiq xodimini yubordi.

O‘z navbatida, Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyen Yevropa Ittifoqi misli ko‘rilmagan COVID-19 to‘lqinini boshdan kechirayotgan Hindistonga darhol yordam berishga tayyorligini aytdi.

Shuningdek, Rossiyaning Favqulodda vaziyatlar vazirligi Hindistonga gumanitar yordam partiyasi bilan ikkita samolyot yubordi. Bortda: 20 ta kislorod yetkazuvchi uskuna, 75 ta sun’iy nafas oldirish apparati, 150 ta tibbiy monitor, shuningdek, 200 ming quti dori-darmon bor.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 4318 | Рейтинг: 0| Рейтинг: COVID-19, yangi, AQSH, dollar, Rekord, chalinish bo‘yicha yana, Koronavirus, Jahon, Hindiston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное