Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

AQShda koronavirus bilan kasallanish holatlari soni 4 millionga yetdi

Koronavirus tashxisi qo‘yilgan amerikaliklar soni 4 milliondan oshdi. Dunyo bo‘ylab koronavirusga doir statistikani real vaqt rejimida yuritadigan Jon Xopkins univeristeti ma’lumotlari bundan darak bermoqda. 

AQShda Covid-19 pandemiyasi boshlanganidan beri jami 4 034 102 kishi yuqtirgan. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Qo‘shma Shtatlardan keyin Braziliya (2,3 millionga yaqin), Hindiston (1,3 millionga yaqin), Rossiya (800 ming) va Janubiy Afrika (408 ming) turadi. Umuman olganda, universitet ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 15,4 million kishi COVID-19 infeksiyasiga chalingan.
Shuningdek, Qo‘shma Shtatlarda bu virusni yuqtirgan 144 222 kishi vafot etgan. O‘limning ko‘p qismi Nyu-York shtatida qayd etilgan (32,5 ming), Nyu-Jersi shtatida yana 15,7 ming kishi va Massachusets shtatida 8,4 ming kishi vafot etgan.
Qo‘shma Shtatlardagi umumiy o‘lim holatlari dunyoning qolgan qismiga qaraganda yuqori. Ikkinchi o‘rinda Braziliya (84 ming), uchinchi o‘rinda Buyuk Britaniya (45,6 ming), to‘rtinchi o‘rinda - Meksika (41,9 ming) va beshinchi o‘rinda - Italiya (35 ming). Umuman olganda, dunyoda pandemiya boshlangandan beri 632,1 ming kishi koronavirus bilan kasallanganidan so‘ng vafot etdi.
22 iyul, chorshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashishi mumkinligini tan oldi. Shuningdek, u barcha amerikaliklarni, agar ular ijtimoiy masofani ushlab tura olmasa, niqob kiyishga da’vat etgan. Prezidentning o‘zi birinchi marta niqobli holda iyul oyida Uolter Rid kasalxonasiga tashrif buyurganida omma oldida ko‘ringan edi.


Manba:sof.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1902 | Рейтинг: 0| Рейтинг: AQSH, COVID-19, Koronavirus
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное