Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

Afsus! 29 kunlik chaqaloq “COVID-19”ning dunyodagi eng yosh qurboni bo‘ldi

Filippinda koronavirusdan sayyoramizning eng yosh bemorining o‘limi qayd etildi.

“Daily Mail” xabariga ko‘ra, go‘dak tug‘ilgan kundan boshlab atigi 29 kun yashagan.
Filippin sog‘liqni saqlash vaziri Mariya Rosario Verjirening so‘zlariga ko‘ra, 14 aprel kuni bolaning nafas olishida muammolar paydo bo‘lgan, shundan so‘ng shoshilinch kasalxonaga yotqizilgan.
Koronavirusga tekshirilganda esa natija ijobiy chiqqan. Ta’kidlanishicha, Batangas shahrida tug‘ilgan chaqaloq infeksiya keltirib chiqargan sepsisdan vafot etgan.
Ma’lumot o‘rnida, Filippin mintaqada birinchi bo‘lib karantin joriy qildi.
Qattiq izolyatsiya choralari esa mahalliy aholi orasida 7 mart kuni birinchi virus holati qayd etilganidan 5 kun o‘tgach joriy etilgandi.


Manba:aniq.uz
Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 7096 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Koronavirus, COVID-19, 29 kunlik chaqaloq, Afsus
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное